LАBORАTORIYANING АSOSIY VАZIFАLАRI
- noma’dan foydali qazilmalarning moddiy tarkibini oʻrganish;
- togʻ jinslari va qurilish mahsulotlarining fizik-mexanik xossalarini oʻrganish;
- noma’dan xomashyolarning sifatini kompleks texnologik baholash;
- turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yaroqli boʻlgan xomashyo olish maqsadida laboratoriya sharoitida texnologik tadqiqotlar va sinovlar olib borish;
- laboratoriya sharoitida yaratilgan texnologik reglament asosida yarim sanoat usulida sinovlar olib borish;
- yangi, zamonaviy sanoat sohalarida talabgor boʻlgan xomashyo olishning noan’anaviy boyitish texnologiyalarini ishlab chiqish;
- an’anaviy va noan’anaviy xomashyolardan yangi raqobatbardosh materiallar va mahsulotlar olishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish;
- asosiy va qoʻshimcha komponentlarni kompleks ajratib olishning optimal boyitish sxemasini yaratish.

LABORATORIYADA OLIB BORILADIGAN ILMIY TADQIQOTLAR
Oʻzbekiston Respublikasi xomashyolari asosida biologik usullarni qoʻllab alyuminiy birikmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish;
Samarali ishlab chiqarishni yaratish uchun etarli boʻlgan noma’dan xomashyoni (dala shpatlari, kvars, muskovit, seritsit va boshqalar) kompleks qayta ishlash boʻyicha innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish;
Nomaʼdan xom ashyolarini (vollastonit, talk, kvars tomiri) qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish, ularning sifatiga qoʻyiladigan talablar va Oʻzbekiston Respublikasi xomashyo bazasiga asoslangan sanoat standartlariga yoki texnik shartlariga muvofiqligini hisobga olgan holda tayyor mahsulot olish;
Zamonaviy sanoat sifat talablariga javob beradigan nomaʼdan xomashyo turlarini (kvars qumi, granit, fosforit, barit) kompleks qayta ishlash va amaliy qoʻllashning mumkin boʻlgan sohalarini aniqlash;
Magnezial xomashyolarining texnologik xususiyatlarini oʻrganish va ularni qayta ishlash maqbul texnologiyasini yaratish;
Noanʼanaviy turdagi nomaʼdan mineral xomashyolarni oʻrganish va samarali qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish;
Ayuminiy mineral-xomashyosi mavjud Gushsoy alunit koni, Angren va Oltintov kaolin konlari maʼdanlari asosida aluminiy ajratib olishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish;
Mahalliy magnezial xomashyosidan issiqbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish;

ILMIY TADQIQOT NATIJALARI
So‘nggi 5 yillikda laboratoriya 5 ta davlat byudjeti va 100 dan ortiq shartnoma loyihalari doirasida tadqiqotlar o‘tkazgan.
- Kokayaz kvars qumi namoyonini namunalarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida kvars qumini chuqur boyitish texnologiyasi ishlab chiqildi. Bunda kvars qumi boyitmasida 99,06% kvars, 0,02% temir oksidi va 0,1% alyumin oksidi boʻlgan mahsulot olindi. Olingan boyitma sanoat talablarini qanoatlantiradi.
- Kattasoy-1 maydoni leykogranit namunasini qayta ishlash natijasida tarkibida kaliy va natriy oksidlari yigʻindisi 12,15% va temir oksidi 0,26% boʻlgan boyitma olindi. Olingan mahsulot tegishli standartlarning talablarini qanoatlantiradi.
- Agitma maydonidan keltirilgan fosforit namunasi oʻtkazilgan tadqiqodlar natijasida tarkibida P2O5 miqdori 32,35% va 24,1% boʻlgan 2 ta boyitma olindi. Olingan boyitmalar sanoat talablarini qanoatlantiradi.
- Kushkumboy maydonidan keltirilgan barit namunasi oʻtkazilgan tadqiqot natijasida olingan graviboyitma va flotoboyitmadagi baritning umumiy miqdori 84,6% ni tashkil qildi. Olingan boyitma sanoat talablarini qanoatlantiradi;
- Beltov maydonidan keltirilgan vollastonit namunasi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida tarkibida 95,4% volllastonit boyitmasi olindi va uning boyitmaga ajralishi 73,8% ni tashkil qildi. Olingan vollastonit boyitmasi farfor, keramika va rangli boʻyooqlar ishlab chiqarishda ishlatish mumkin;
- Chettik maydoni talk namunasida oʻtkazilgan laboratoriya texnolgik tadqiqotlar natijasida tarkibida 89,3% talk boʻlgan boyitma olindi. Bunda talkning boyitmaga ajralishi 67,4% ni tashkil qildi. Olingan talk boyitmasi sanoat talablarini qanoatlantiradi;
- Ermamat maydonidan keltirilgan oq tomirli kvars texnologik namunasi boyitiluvchanligi oʻragnildi. Tomirli kvars namunasini kombinatsion boyitishda tarkibida 98,9% kremniy oksidi boʻlgan kvars boyitmasi olindi va uning ajralishi 78,1% ni tashkil qildi. Boyitmadagi zararli qoʻshimcha hisoblanmish temir va alyuminiy oksidlari miqdori 0,01% va 0,4% bogʻliqlikda tashkil qildi. Olingan boyitma shisha sanoati uchun kvars qumi talablarini qanoatlantiradi;
- Amandara maydoni serpentinit namunasini kombinatsiyalashgan (gravitatsiya va elektr magnit separatsiyalash) sxema boʻyicha boyitilganda tarkibida 49,58% magniy oksidi boʻlgan mahsulot olindi, bunda mahsulotning ajralishi 72,9% ni tashkil qildi. Namunadan yuqori sifatli olovbardosh issiqga chidamli mahsulotlar olish uchun a yaroqli xomashyo olish maqsadida piro- va gidrometallurgik tadqiqodlar oʻtkazildi. Texnologik tadqiqodlar natijasida tarkibida 86,18% magniy oksidi va 0,1% temir oksidi saqlovchi boyitma olindi. Olingan boyitma sanoat talablarini qanoatlantiradi;
- Omonxona dolomit namunasi 900oС dan yuqori temperaturada kuydirish orqali sanoat talablariga muvofiq mahsulot olish mumkin va poʻlat eritish pechlarini tamirlashda ishlatish mumkin. Bundan tashqari ishqorlash va kuydirish natijasida magniy birikmasi olindi, uning tarkibida 67,43% magniy oksidi boʻlib elektrotexnik periklaz kukunlari va olovbardosh mahsulot olish uchun yaroqli;
- Qizilsoy maydoni talk namunasini laboratoriya sharoitida talk namunasining boyitiluvchanligi oʻrganish maqsadida oʻtkazilgan texnologik tadqiqodlar natijasida olingan boyitma tarkibidagi talkning miqdori 90,6% ni tashkil qildi, bunda mahsulotning boyitmaga ajralishi 81%. Olingan talk boyitmasi sanoat talablarini qanoatlantiradi.
