O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining
1994 yil 17 fevraldagi 11-sonli buyrug‘i bilan Sobiq O‘rta Osiyo geologiya va mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti, Uslubiy eksperimental ekspedisiya va «VNII geolnerud» filiali negizida «Mineral resurslar instituti» davlat muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 16 oktabrdagi «Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 215-sonli qaroriga muvofiq «Mineral resurslar instituti» davlat muassasasiga o‘zgartirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-iyundagi “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4740-sonli qaroriga muvofiq Geologiya fanlari universiteti tarkibida “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi qayta tashkil etilib Universitet tarkibida faoliyatini davom ettirmoqda.
«Mineral resurslar instituti» davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining asosiy ilmiy-uslubiy markazlaridan biri bo‘lib, mamlakatda amaliy geologiya fanining yetakchisi hisoblanadi.
«MRI» DM faoliyatining predmeti geologik qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, mineral xom ashyoni qayta ishlashning optimal sxemalarini ishlab chiqishga qaratilgan laboratoriya va eksperimental-texnologik tadqiqotlar o‘tkazish hisoblanadi.
Institutning maqsadi yer qa’rini geologik o‘rganish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish, foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni ajratish, foydali qazilmalarni boyitish (qayta ishlash) bo‘yicha maqbul reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha laboratoriya va texnologik tadqiqotlar kompleksini o‘tkazish hisoblanadi.
Institutda 4 ta markaz, 17 ta ilmiy bo‘lim, 11 ta laboratoriya va 1 ta tahririy nashriyot va tipografik xizmatlar guruhi mavjud.
Institut ilmiy salohiyati:
Bugungi kunda institutda 116 nafar ilmiy xodim, jumladan 5 nafar fan doktori (DSc) va 26 nafar falsafa fanlari doktori (PhD) faoliyat yuritadi.
Ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlarning 2 nafari professor va 11 nafari katta ilmiy xodim unvoniga ega bo‘lib 2 nafar xodimning h indeksi 6 dan yuqori hisoblanadi.
«MRI» DM – xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlangan O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi ilmiy-tadqiqot muassasasidir. Bundan tashqari, kompaniya TÜV tomonidan sertifikatlangan sohada birinchi hisoblanadi.
Dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan 100 mingdan ortiq kompaniyalar ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 va boshqa xalqaro standartlarga muvofiqligi bo‘yicha TÜV sertifikatlangan boshqaruv tizimlariga ega.
2013 yilda «Mineral resurslar instituti» davlat muassasasi o‘zining sifat menejmenti tizimini ISO 9001:2008 xalqaro standarti talablari asosida ishlab chiqishni boshladi. 2015 yil iyul oyida institut TÜV (Germaniya) sertifikatlashtirish organi tomonidan ISO 9001:2008 «Quality management systems - Requirement» talablariga javob beradigan sertifikat oldi. 2017 yilda institut xodimlari ikkinchi nazorat tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdilar, natijada korxona tashkiliy ishlari ijobiy baholandi. 2018 yil may oyida institut TÜV (Germaniya) sertifikatlashtirish organi tomonidan ISO 9001:2015 «Quality management systems - Requirement» talablariga javob beradigan sertifikat oldi.


Mobil dala ishlari otryadlari
Institutda 14 ta dala otryadlari mavjud. Barcha otryadlar zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlangan (GPS -navigatorlar, raqamli fotoapparatlar, mobil aloqa, planshet va boshqalar). Dala otryadlari yangi yo‘l tanlamas avtomobillar bilan ta’minlangan. Dala otryadlari uchun dala bazalari yaratilgan.
Tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari:
- yer qa’rini kompleks ravishda mintaqaviy o‘rganish va zamonaviy ko‘p maqsadli geologik va bashorat-metallogenik xaritalarni tayyorlash, shu jumladan Yerni masofadan zondlashning zamonaviy usullari va texnologiyalaridan va GAT-texnologiyalaridan foydalanish;
- zamonaviy analitik uskunalar va dasturiy ta’minot yordamida qattiq foydali qazilmalar konlarini topish uchun istiqbolli bo‘lgan hududlarning potensialini baholash va yangi maydonlarni ajratish, foydali qazilma konlar ma’danlarining mineralogik tarkibini o‘rganish;
- mamlakatning rivojlanish dinamikasini tahlil qilish va mineral-xomashyo bazasini monitoring qilish;
- mineral xomashyoni kompleks qayta ishlash va qimmatbaho metallarni (oltin, uran, volfram, noyob va noyob yer elementlari, marganes, temir, slanes va b.) qazib olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish;
- nashriyot faoliyati (geologik jurnal, monografiyalar, kitoblar), yuqori malakali kadrlar tayyorlash (tayanch doktorantura, kadrlar malakasini oshirish).
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashfaoliyati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2019 yil 30 dekabrdagi 344-sonli buyrug‘iga muvofiq «Mineral resurslar instituti» davlat muassasasi qoshida ilmiy darajalar beruvchi DSc.24/30.12.2019.GM.40.01. raqamli Ilmiy kengash tashkil etilgan. Ushbu ilmiy kengash 04.00.02 – “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo“ ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beradi.
Nashriyot faoliyati
2008 yildan to hozirgi kungacha 61 ta monografiya va 22 ta konferensiya materiallari to‘plami, shu jumladan o‘quv lug‘atlari va uslubiy qo‘llanmalari nashr etilgan.
«MRI» DMga «Geologiya va mineral resurslar» respublika ilmiy jurnalining davriy nashr etilishi ishonib topshirilgan bo‘lib, har yili 6 ta son nashr etiladi.
Konferensiyalar
2008-2021 yillarda «MRI» DM tomonidan 8 ta respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi:
2008 yil — «O‘zbekistonning qattiq foydali qazilmalarining investisiya salohiyati» (xalqaro);
2010 yil — «O‘zbekiston Respublikasining qattiq foydali qazilmalar mineral-xomashyo bazasini bashoratlash, baholash va rivojlantirishning innovasion texnologiyalari» (xalqaro) va «O‘zbekiston Respublikasidagi yosh olim geologlar va mutaxassislarning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha innovasion g‘oyalari»;
2011 yil — «O‘zbekiston Respublikasida yer qa’rini geologik o‘rganishning ustuvor yo‘nalishlari, gidrogeologik va muhandislik-geologik tadqiqotlar»;
2012 yil — «O‘zbekiston Respublikasi sanoatining xomashyo bazasini diversifikatsiyasi: foydali qazilmalarning noan’anaviy turlarini izlash va baholash mezonlari»;
2014 yil — «Ilm-fan va amaliyotning integratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasini samarali rivojlantirish mexanizmi sifatida» (xalqaro);
2016 yil — «Ilm-fan va amaliyotning integratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasini samarali rivojlantirish mexanizmi sifatida» (xalqaro);
2018 yil — «Ilm-fan va amaliyotning integratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasini samarali rivojlantirish mexanizmi sifatida». (xalqaro);
2019 yil — «O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasining muammoli masalalari va rivojlanish istiqbollari» ilmiy-amaliy konferensiyasi (sohaviy);
2019 yil — «Olmaliq (O‘zbekiston Respublikasi)dagi qimmatbaho, rangli va noyob metallarning yirik kompleks konlarini baholash xususiyatlari» monografiyasining taqdimoti;
2021 yil — «Paleoosiyo okeanining kechki proterozoy va erta paleozoy tarixidagi global va mintaqaviy jarayonlar hamda ularning ma’danlashuvga va lito-biosferaning rivojlanishiga ta’siri» monografiyasining taqdimoti.
2022 yil – «Geologiya sohasining dolzarb masalalari foydali qazilmalarni prognozlash, qazib olish va qayta ishlash tehnologiyasining innovasion usullari» Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya; (xalqaro)
“Mineral resurslar instituti” DM Analitik tadqiqotlar markazi O‘ZAK.SL.0384-milliy reyestr bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 guvohnomasini 2025-yil boshida oldi.
Bu analitik tadqiqotlar markazining tahlil natijalarini ishonchliligi va xalqaro talablar asosida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlaydi. Markazda 19 turdagi tahlillar uchun akkreditatsiya guvohnomasi olindi.
