TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

O‘z ixtiyorida yetarlicha yuqori ilmiy salohiyat, moddiy-texnik baza va respublikada ham, undan tashqarida ham ilmiy-ishlab chiqarish aloqalarining keng tarqalgan tarmog‘iga ega bo‘lgan institut geologik tadqiqotlar sohasida hamda yer osti boyliklari va amaliy fanning dolzarb masalalarini hal qilishda keng ko‘lamli vazifalarni samarali bajarib kelmoqda.

Qisqacha quyidagi muhim natijalarga erishildi:

“Kompleks regional tadqiqotlar va zamonaviy ko‘p maqsadli geologik, bashoratlash-metallogenik xaritalarni tayyorlash sohasida” yo‘nalishida:

1) O‘zbekiston Respublikasi hududining 1:1 000 000 miqyosdagi o‘zbek va rus tillaridagi 8 ta raqamli geologik xaritalari yaratildi (foydali qazilma konlarini ro‘yxatga olish xaritasi, geologik xarita, mezozoygacha komponentlarning tektonik xaritasi, mezozoygacha hosilalarining bashorat-mineragenetik xaritasi);

2) formatsion tahlil asosida matematik usullar bilan “Informatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali Chotqol-Qurama hududining 1:200000 miqyosdagi qimmatbaho, rangli, radioaktiv, qora metallarga bashoratlash-mineragenik xaritasi” tuzilib uning asosida ma’dan maydonlari va ma’danlashuv zonalari darajasidagi, keyingi geologik qidiruv ishlari qo‘yishga tavsiya berilgan 14 ta istiqbolli maydonlar ajratilgan;

3) ArcGIS tizimida yangilangan elektron “Chotqol-Qurama regionining 1:200 000 miqyosdagi geologik xaritasi”;

4) geologik raqamli xaritalarini ishlab chiqish va taqdim etishni tartibga soluvchi yangilangan me’yoriy hujjatlar to‘plami tayyorlandi:

- «geologik-s’yomka ishlarini tashkil etish va ishlab chiqish, 1:50 000 (1:25 000) masshtabidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologik xaritasini tuzish va nashr etish bo‘yicha yo‘riqnoma»;

- «1:200 000 (1:100 000) masshtabda ilgari o‘rganilgan maydonlarni qo‘shimcha geologik qidiruvni o‘tkazish, 1:200 000 ( 1:100 000)  masshtabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologik xaritasi varaqalarini tuzish va nashrga tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma»;

- «O‘zbekiston Respublikasining aerokosmik geologik tadqiqotlarini (AKGT) tashkil etish va ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘riqnoma»;

- «O‘zbekiston Respublikasi hududining chuqur geologik xaritalash ishlarini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma»;

5) beshta davlat: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hududida joylashgan «Tyan-Shan orogenik kamarining 1:1000000 masshtabdagi geodinamik xaritasi» tuzildi.

Yerni masofadan zondlashning zamonaviy usullari va GAT-texnologiyalari, geokimyoviy ma’lumotlarni qayta ishlash uchun eng so‘nggi dasturlar va b. yordamida foydali qazilmalar konlarini topish uchun istiqbolli bo‘lgan yangi maydonlarni aniqlash bo‘yicha:

1) oltin va boshqa metallarning yangi istiqbolli maydonlari: G‘uzaksoy, Ustaxon-G‘ozg‘on, Sharqiy Jetimtov, Yorquduq, Armug‘on, Buzgul, Oqjetpes, Oila, Oyasoy, Cho‘loqsoy, Julasoy, Tugmacha, Qorachol, Chelpeksoy- I, Chelpeksoy-II, Muruntov ma’danli maydonining shimoliy-sharq qismi va b.;

2) 2012 yildan boshlab Davlat balansi shakllantirildi va mualliflarning oltin, kumush, mis, volfram, nodir metallar va noyob yer elementlari kabi mineral resurslari qayta o‘rganilmoqda. 242 ta ob’ektning bashorat qilingan resurslari bo‘yicha aprobatsiya ishlari olib borilgan, shundan 147 tasi Davlat balansi tomonidan hisobga olingan va 24 ta ob’ektlar O‘zbekiston Respublikasi qattiq foydali qazilmalarining bashorat qilingan resurslarini Davlat balansi tomonidan hisobga olish uchun tavsiya etilgan;

4) 7 ta yangi maydon ajratilgan (Julasoy, Yujnыy Dalniy I, Yujnыy Dalniy II, Tugmacha, Qorachol, Chelpeksoy- I, Chelpeksoy-II), ular yagona G‘arbiy Chadak hududiga birlashtirildi va ular uchun taxmin qilingan oltin resurslari P2 toifasiga muvofiq baholandi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida geologik qidiruv ishlarini olib borishni tartibga soluvchi geologik qidiruvni me’yoriy ta’minlash sohasida:

Ishlab chiqilgan:

1) «O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom»;

2) «Zaxiralar va prognoz resurslarini hisobga olish va operatsion o‘sishini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom»;

3) «Metall va metall bo‘lmagan foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash bo‘yicha materiallarni tarkibi, rasmiylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma»;

4) «Geologik qidiruv jarayonida rangli metall konlarini texnologik tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar»;

5) «Qattiq minerallarning bashorat qilingan resurslarini baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma»;

6) «Neft va gazni geologik qidirish etaplari va bosqichlari to‘g‘risidagi nizom»;

7) «Neft va yonuvchi gazlarning kon zaxiralari, istiqbolli va bashorat qilingan resurslari tasnifi»;

8) «Neft va gaz resurslari zaxiralari va istiqbolli tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»;

9) «Neft va yonuvchan gaz zaxiralarini hisoblash bo‘yicha materiallarining tarkibi, bajarilishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma».

Mineral xom ashyoni kompleks qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish sohasida:

1) Tebinbuloq konining titanomagnetit ma’danlarini boyitishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra tarkibida temir miqdori 63,53% bo‘lgan konditsion tarkibidagi konsentrat, uni boyitish orqali 62,45% temir olingan;

2) slanesni qayta ishlashning destruktiv texnologiyasi ishlab chiqilgan.

3) ko‘mir chiqindilari asosida uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadigan organomineral gumusli bakterial o‘g‘itlarni ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

4) Angren konidan kaolinni oqartirish uchun biotexnologik usulda temirni eruvchan birikmalarga aylantirish va ularni eritma ichiga olish va filtrlash paytida olib tashlash ishlab chiqilgan.

5) Kokayaz kvars qumlarini boyitish natijasida kvars qumlari tarkibida kremniy dioksidi 99,06%, temir oksidi 0,01% va Al2O3 – 0,1% bo‘lgan kvars qumlari olingan.

Eksperimental -konstruktorlik ishlanmalari (OKR):

1) KT tipidagi qattiq qotishma koronkalar (toshlarni kesish asboblari) ishlab chiqilgan va ommaviy ishlab chiqarishga kiritilgan (MChJ «Geoburtexnika» va MChJ «Gidrogeotekhnika»);

- KTM-76T qattiq qotishmali karonkasi o‘rta qattiqlikdagi jinslarni burg‘ulash uchun mo‘ljallangan (IV-VII toifada);

- diametri 76 mm va 93 mm bo‘lgan KTM burg‘ulash karonkasi burg‘ilash toifasi bo‘yicha IV-VII, qisman VII toifadagi tog‘ jinslarda burg‘ulash uchun mo‘ljallangan;

2) Gidrogeologik quduqlarni burg‘ilash uchun mo‘ljallangan, 215 mm diametrli almashinuvchan burg‘ilash dolotasi tayyorlandi;

3) burg‘ilash suyuqliklari va sement aralashmalarining 20 ta retseptini ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi ob’ektlarida sinovdan o‘tkazilgan, ulardan 4 tasi amaliy ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun tanlangan;

4) diametri 135 mm bo‘lgan burg‘ulash shneklari 20 dona miqdorda ishlab chiqarilgan;

5) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi ixtiro «Quvurlarning ikki qatorli ustunlari» (patent IAP 04919) formulasiga patent berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan;

6) gilsiz va kam gilli polimer burg‘ulash suyuqliklarining retseptlari ishlab chiqilgan va ulardan geologik qidiruv maydonlarida oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar yaratilgan;

7) kichik o‘lchamli ko‘chma burg‘ulash qurilmasi (MGBU-50), burg‘ulash karonkalari (KT), burg‘ilash quvurlari (RS), pnevmatik shassida ko‘chma vagon uyining mahalliy analogi (1649707-sonli sertifikat); burg‘ulash aralashmasini tozalash tizimi yaratilgan.

Olingan patentlar

So‘nggi 20 yil ichida institut laboratoriyalari va ishlab chiqarishga tadbiq etishning innovatsion texnologiyalari bo‘yicha konstruktorlik byurosida olib borilgan izlanishlar olingan natijalarni patentlashga imkon berdi. Patent idorasiga berilgan barcha talabnomalar ekspertizadan so‘ng «yangilik» belgisini oldi va tegishli patentlar turli yo‘nalishlarda qabul qilindi:

1. O‘g‘it olish usuli, patent raqami №IAP02336 (2003y.).

2. Tarkibida magniy bo‘lgan xom ashyolarni qayta ishlash usuli, patent raqami №IAP 02973 (2003y.).

3. Kaolinni boyitish va oqartirish, patent №IAP 02476 (2004y.).

4. Donador faol ko‘mirni olish usuli, patent №IAP 02630 (2005y.).

5. Tarkibida magniy bo‘lgan xom ashyolarni qayta ishlash usuli, patent №IAP 02973 (2005y.).

6. Qumlarni boyitish usuli, patent №02698 (2005y.).

7. Yonuvchi slanesni destruktiv qayta ishlash usuli, patent №AP03019 (2006y.).

8. Burg‘ilash quvurlarini qo‘sh kolonnasi, patent raqami IAP 04919 (2014y.).

9. Nodir metalli pegmatitlarni aniqlash usuli, patent IAP 961 (2014 y.).

10. Burg‘ilash koronkasi, patent raqami IAP 04993 (2014 g.).

11. Almashinuvchi panjali burg‘ilash dolotosi, patent № IAP 06399 (2017 y).

12. Dasturiy ilova “LandIndexAltMap”,  DGU 10104 (2020 Y.)