“Mineral resurslar instituti” davlat muassasasida Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Bayram tadbiri soha vakillarini birlashtirgan holda, kasbiy birdamlik, fidoyilik va umumiy yutuqlarni e’tirof etish ruhida o‘tdi.
Tadbir davomida institut jamoasining samarali faoliyati va erishilgan natijalari alohida qayd etildi. O‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir guruh xodimlar taqdirlanib, ularga faxriy yorliqlar topshirildi.
Shu bilan birga, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tajribali mutaxassislar ham e’tirof etilib, ularning mehnati hurmat bilan tilga olindi.
Tadbir yakunida katta avlod vakillari yosh mutaxassislarga samimiy tilaklar bildirib, institut salohiyatini yanada mustahkamlash, ilmiy an’analarni davom ettirish va geologiya tarmog‘ining barqaror rivojiga hissa qo‘shish muhimligini ta’kidladilar.



