TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

M.U.Isoqov 

Direktor

Isoqov Maqsud Uzoqovich — 1971-yil 28-yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — Foydali qazilma konlarini geologik xaritalash, izlash va razvedka qilish.

Ilmiy darajasi: geologiya-mineralogiya fanlari doktori. Ilmiy unvoni — katta ilmiy xodim.

Ilk faoliyatini 1993-yilda “Toshkentgeologiya” ishlab chiqarish birlashmasi Sharqiy-Qurama geologik-qidiruv ekspeditsiyasi texnik-geologi, tog‘ yerosti shaxtalari geologi, 1-toifali texnik-geologi sifatida boshlagan Isoqov Maqsud Uzoqovich keyingi yillarda turli turli muassasalarda samarali mehnat qildi.

Xususan:

1995-yilda — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Toshkentgeologiya” Davlat geologiya korxonasi 1-toifali geologi;

1995-1999-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Mineral resurslar instituti kunduzgi bo‘lim aspiranti;

1999-2006-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Mineral resurslar instituti 2-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi, katta ilmiy xodimi, sektor mudiri, bo‘lim mudiri;

2006-2008-yillarda — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ Angren kon boshqarmasida bosh geolog;

2008-2009-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti” davlat korxonasi direktor vazifasini bajaruvchisi;

2009-2015-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti” davlat korxonasi direktori;

2015-2017-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti Mineral xomashyo va uglevodorodlarni qidirish va qazib olish sho‘basining mudiri;

2017-2018-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti Geologiya va  mineral xomashyo bazasi masalalari sho‘basining mudiri;

2018-2019-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi H.M. Abdullayev nomidagi “Geologiya va geofizika instituti” davlat muassasasi direktori;

2019-2022-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Geologiya fanlari universiteti «Mineral resurslar instituti» davlat muassasasi direktori;

2022-2025-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti rektor v.b.;

Isoqov Maqsud Uzoqovich 2025-yil 13-martdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Oilali, uch nafar farzandi bor.

 


 

Ахмедов Мурод Шермухамадович

Direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari

Axmedov Murod Shermuxamadovich 1977 yil 19 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyatida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 1999 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini hamda 2006 yilda O‘zbekiston Milliy Universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – muxandis-quruvchi, magistr-geolog.

1999 yilda Qizilqum GQE da texnik-geolog lavozimida ishlagan.

2002–2007 yillarda “Regionalgeologiya” OAJ da texnik-geolog, geolog, ikkinchi toifali geolog lavozimlariida faoliyat ko‘rsatgan.

2007-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Qimmatbaho va rangli metallar geologiyasi” IIM DK Angren uchastkasida 2-toifali geolog, 1-toifali geolog lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2011-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Qattiq foydali qazilmalar geologiyasi boshqarmasida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis bo‘lib ishlagan.

2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “uran, nodir metallar va kamyob yer elementlari boshqarmasi” boshlig‘i boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2018 yil 6 sentabrdan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi.

Oilali, 4 nafar farzandi bor.

 


 

 

Direktorning tijorat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

Tal’atxo‘jayev Doniyor Shuxratovich — 1985-yil 12-yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2007-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini, 2009-yilda shu universitetning magistraturasini tamomlagan. 2020-yilda O‘zbekiston Milliy universitetida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ta’limni tugatgan. Mutaxassisligi — Iqtisodchi, Xalqaro biznes va geolog.

Ilk faoliyatini 2008-yilda "Addison-group" qo‘shma korxonasi mutaxassisi sifatida boshlagan Doniyor Shuxratovich faoliyati davomida bir qancha lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

Jumladan:

2008-2009-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Ishlar boshqarmasi yetakchi muhandisi;

2009-2011-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Yer qa’ridan foydalanishni lisenziyalash bo‘limi yetakchi muhandisi;

2011-2018-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi  Yer qa’ridan foydalanishni lisenziyalash bo‘limi boshlig‘i;

2018-yilda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Geologiya sohasida davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i;

2018-2023-yillarda — O‘zbekiston Respulikasi davlat geologiya va mineral resurslar "Davlat geologiya axborot markazi" Davlat korxonasi direktor o‘rinbosari;

Tal’atxo‘jayev Doniyor Shuxratovich 2023-yil 7-martdan to bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi direktorining tijorat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda.

 


 

Асабаев Дилшод Хасанкулович

Ilmiy kotib

Asabaev Dilshod Xasankulovich 1983 yil 8 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2004 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - Ma’dan va noma’dan konlar geologiyasi qidiruv ishlari va metallogeniya.

2006 yilda - Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabasi (magistr).

2006-2009 yillarda. - Toshkent davlat texnika universiteti “Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari” kafedrasi aspiranti.

2009-2012 yillarda. - Toshkent davlat texnika universiteti “Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari” kafedrasi assistenti.

2012-2016 yillarda. - Toshkent davlat texnika universiteti “Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

2017-2018 yillarda. - O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Mineral resurslar instituti Davlat korxonasining “Industrial xom-ashyolar geologiyasi” sektori yetakchi geologi.

2018-2019 yillarda. - O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Mineral resurslar instituti Davlat korxonasining “Industrial xom-ashyolar geologiyasi” sektor mudiri.

2019-2021 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va Mineral resurslar qo‘mitasi Mineral resurslar instituti Davlat korxonasining “Noma’dan foydali qazilmalar geologiyasi” sektor mudiri.

2021-2022 yilgacha - O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Geologiya fanlari unversiteti «Mineral resurslar instituti» davlat muassasasi “Noma’dan foydali qazilmalar geologiyasi” bo‘lim boshlig‘i.

2022 yil 13 apreldan 6 maygacha - O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Geologiya fanlari unversiteti «Mineral resurslar instituti» davlat muassasasi “Geologik nazorat” bo‘limi kichik ilmiy xodimi.

2022 yil 7 maydan buyon O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi ilmiy kotib vazifasini bajaruvchisi.

Oilali, 2 nafar farzandi bor.