TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

"Mineral resurslar instituti" davlat muassasasi Ilmiy Kengashi

"Mineral resurslar instituti" davlat muassasasi Ilmiy Kengashi eng yuqori kollegial boshqaruv va ekspert maslahat organi hisoblanadi.
Ilmiy Kengashning raisi - direktorning ilm-fan va ilmiy faoliyat bo‘yicha bosh maslahatchisi g.-m.f.d. Rustam Xamzaevich Mirkamalov.
Ilmiy Kengashning kotibi – "MRI" DM ilmiy kotibi Uktam Akramovich Xafizov.
Ilmiy Kengash tarkibini institutning nufuzli fan doktorlari va nomzodlari hamda yetakchi ilmiy xodimlar tashkil etadi. Ilmiy Kengashda institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra 4 ilmiy Seksiyalar faoliyat yuritishadi. Bular:
- Mintaqaviy geologiya va metallogeniya;
- Geologiya qidiruv ishlari uslubiyoti va foydali qazilma konlarini bashoratlash;
- Texnika-texnologiya seksiyasi;
- Normativ-iqtisodiy va xronometraj tadqiqotlari.
Ilmiy Kengashning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
- tegishli nizomlar, ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar va boshqa normativ hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ma’qullaydi va tasdiqlash uchun direktorga tavsiya qiladi;
- "MRI" DM tarkibiga kiradigan ilmiy bo‘linmalarni (markazlar, bo‘limlar, laboratoriyalar va boshqalar) tashkil qilish, qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida masalalarni ko‘rib chiqadi va takliflar kiritadi;
- istiqbolli va dolzarb ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni muhokama qiladi va ular bo‘yicha tavsiyalar qabul qiladi;
- ilmiy tadqiqotlarning strategik yo‘nalishlarini, ilmiy-texnik muammolarni muhokama qiladi va belgilaydi hamda "MRI" DMda fanning ustuvor istiqbolli yo‘nalishlarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
- istiqboldagi va yillik tadqiqot rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash uchun direktorga tavsiya qiladi;
- ilmiy-tadqiqot loyihalarini muhokama qilish, ilmiy ekspertiza qilish va tanlashni amalga oshiradi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan eng muhim fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy va ilmiy-texnik dasturlari tanlovlarida ishtirok etish uchun tavsiya qiladi;
- "MRI" DMning ilmiy bo‘limlari va ijodiy jamoalari tomonidan amalga oshiriladigan fundamental, amaliy, innovatsion va xalqaro ilmiy tadqiqotlarning dasturlari va loyihalarini monitoring qiladi, ular to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun tavsiya qiladi yoki ushbu dasturlar va loyihalar bo‘yicha boshqa tegishli qarorlarni qabul qiladi;
- Ilmiy kengash huzurida, zarur hollarda, boshqa tashkilotlar, muassasalar va universitetlardan taklif qilingan olimlar va mutaxassislar ishtirokida komissiyalar va ekspert guruhlari tashkil etiladi.

"Mineral resurslar instituti" davlat muassasasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2019 yil 30 dekabrdagi 344-sonli qarori bilan Mineral resurslar instituti huzurida geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha fan doktori va falsafa doktori ilmiy darajalarini beruvchi DSc24.30.12.2019.GM.40.01 raqamli Ilmiy Kengash tashkil etildi.
Tashkil etilgan Ilmiy Kengashda hozirgi kunga qadar 2 nafar fan doktori va 5 nafar falsafa doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.