TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Xalqaro ISO 9001:2015 sertifikati

Institut dunyo miqyosida tan olingan «TÜV» (Germaniya) sertifikatlashtirish jamiyatining ISO 9001:2015 «Quality management systems - Requirement» sifat menedjmenti talablariga javob beradigan sertifikatga ega

Batafsil

Geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish

Geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish maqsadida qattiq foydali qazilma konlarini topish istiqbollarini aniqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazadigan yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti

Batafsil

Texnologik va analitik tadqiqotlarni amalga oshiradigan laboratoriya bazasi

Foydali qazilmalarni kompleks qayta ishlash va mineral xomashyolar moddiy tarkibi analitik tahlil ishlarini amalga oshiradigan laboratoriya bazasiga ega

Batafsil

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul

“Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi 2024-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qabul tanlovini eʼlon qiladi.

Batafsil

Davgeolqo‘mning asosiy ilmiy-uslubiy markazi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 1994-yil 17-fevraldagi 11-sonli buyrug‘i bilan Sobiq O‘rta Osiyo geologiya va mineral resurslar ilmiy-tadqiqot instituti, Eksperimental uslubiy ekspeditsiya va "VNIIGeolnerud" filiali negizida "Mineral resurslar instituti" davlat muassasasi tashkil etilgan

Biz bilan bog‘lanish

2

Fundamental loyihalar

116

Amaliy loyihalar

11

Innovatsion loyihalar

11

Patentlar va mualliflik guvohnomalari

104

Ilmiy xodimlar

5

Fan doktorlari

13

Fan nomzodlari

7

WoS va Scopus jurnallaridagi maqolalar

112

Yosh olimlar

40

Ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi

Asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari

01

Kompleks mintaqaviy tadqiqotlar va zamonaviy, ko‘p maqsadli geologik va bashorat-metallogenik xaritalarini ishlab chiqish

O‘zbekiston Respublikasi hududining 1:1 000 000, 1:500 000, 1:200 000 miqyosdagi ko‘p maqsadli raqamli geologik, bashorat-metallogenik xaritalari yaratilmoqda.

02

Qattiq foydali qazilmalarga istiqbolli yangi maydonlar ajratish

Zamonaviy analitik uskunalar va dasturiy ta’minotlarni, Yerni masofadan zondlash va GAT texnologiyalarini qo‘llagan holda, mineralogik-geokimyoviy tadqiqotlar asosida qattiq foydali qazilmalarga istiqbolli bo‘lgan maydonlar ajratiladi.

03

Yerni masofadan zondlash va GAT texnologiyalari

Istiqbolli maydonlarni aniqlash maqsadida Aster, Landsat Quick Bird kosmik suratlarni qo‘llash va ularni qayta ishlash orqali hududlarning kosmogeologik asoslari yaratiladi hamda foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlar ajratiladi.

04

Mineral xom-ashyolarni kompleks qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish

Murakkab tarkibli mineral xomashyo turlari kompleks qayta ishlash va tarkibidan qimmatli komponentlarni ajratib olishning maqbul yechimlari ishlab chiqiladi va sanoat ishlab chiqarishga joriy qilinadi.

05

Mineral xomashyo moddiy tarkibini analitik tahlil qilish

Zamonaviy analitik tadqiqot usullaridan foydalangan holda mineral xomashyolar moddiy tarkibi analitik tahlil qilinadi.

Institutda olib boriladigan dala ishlari

Mintaqaviy geologik tadqiqotlar

2 ta dala otryadi tomonidan dala ishlari olib boriladi

YeMZ va GAT texnologiyalari

1 ta dala otryadi tomonidan dala ishlari olib boriladi

Ma’danli foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlar ajratish va baholash

5 ta dala otryadlari tomonidan dala ishlari olib boriladi

Mineralogik tadqiqotlar va mineral xomashyoning moddiy tarkibini o‘rganish

1 ta dala otryadi tomonidan dala ishlari olib boriladi

Geologiya qidiruv ishlarini olib borishni tartibga soluvchi geologiya qidiruvni me’yoriy ta’minlash, mineral xomashyo bazasini monitoring qilish hamda namunalashning ishonchliligi

1 ta dala otryadi tomonidan dala ishlari olib boriladi

Eksperimental-konstruktorlik ishlanmalari

1 ta dala otryadi tomonidan dala ishlari olib boriladi

Geokimyoviy tadqiqotlar

1 ta dala otryadi tomonidan dala ishlari olib boriladi