АSOSIY VAZIFALARI
Monitoring rejimida Davgeolqoʻm korxonalarining qattiq foydali qazilmalarga olib borgan geologik-qidiruv ishlari natijalari haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish.
Ularning metallogenik ixtisoslashuvlarini inobatga olgan holda Oʻzbekistonning asosiy togʻ-maʼdan rayonlari qirqimida GQIning natijadorligini tahlil etish:
- Oʻtkazilgan ishlar natijalarining ushbu bosqichdagi GQI vazifalari va maqsadiga muvofiq kelishi;
- Istiqbolli ob’yektlarni namoyon etiluvchanligi va ularni geologik-qidiruv sikli davomida keyingi bosqich ishlarini oʻtkazish uchun topshirish;
- Ob'ektlar uchun baholangan resurslar va zaxiralarni past toifalardan yuqori toifalarga o'tkazish va zaxiralarning o'sish holati tasdiqlanishi;
- GIS texnologiya negizida OʻzR qattiq foydali qazilmalarining sanoat zaxiralari boʻlgan konlarni, bashorat resurslari boʻlgan obyektlar va istiqbolli maydonlarni 1:500000 nuqyobdagi joylashish xarita-sxemalarini toʻldirish.
Asosiy togʻ-maʼdan rayonlari qirqimida GQIning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish:
- Togʻ-maʼdan rayonlar boʻyicha sarflar strukturasining oʻzgarishlarini tahlil etish: togʻ-maʼdan rayonlar boʻyicha, maʼdanli foydali qazilmalar boʻyicha, GQI bosqichlari boʻyicha, geologik-qidiruv ishlarining turlari boʻyicha.
- Aniqlangan sanoat konlari qiymatining ularni qidirish, baholash va qidirish uchun sarflangan ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati, GQI samaradorligini umumiy baholash
- Oʻzbekistondagi maʼdanli foydali qazilmalarini bashorat resurslari obyektlarini hisobga olish va kataloglashtirish.
- Yuqori turuvchi va boshqa tashkilotlarning (Vazirlar Mahkamasi, Davgeolqoʻm, Iqtisodiyot Vazirligi va b.) soʻrovlari boʻyicha bo’limning faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maʼlumotnoma axborotlarni tezkorlikda tayyorlash.

BO’LIMIDA ILMIY TADQIQOTLAR OLIB BORILMOQDA
- Respublika ob'ektlari (konlari, ko'rinishlari, istiqbolli hududlari)dagi ma'danli foydali qazilmalarning bashorat qilinadigan resurslari to'g'risidagi geologik-iqtisodiy ma'lumotlarni turli bosqichlarda o'tkazilgan geologik qidiruv ishlari va prognozning bosqichdan tashqari tematik ishlari natijalariga ko'ra tizimlashtirish va tahlil qilish; -metallogen yo'nalish;
- Innovatsion kompyuter texnologiyalaridan foydalanish asosida O‘zbekistondagi foydali qazilmalar konlarining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash.

TADQIQOT NATIJALARI
- Аsosiy turdagi foydali qazilmalarning bashorat qilingan resurslarini baholash bo'yicha mualliflik materiallarini ekspertizadan o'tkazish;
- Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining ishlab chiqarish korxonalarining rudali foydali qazilmalarning mineral-xomashyo bazasini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini kon qaziluvchi hududlar sharoitida va umuman O‘zbekiston Respublikasida geologiya-qidiruv ishlarining bosqichlari bo‘yicha tahlil qilish;
- Bukantov, Tamditau-Beltov, Quldjuktov, Nurota maydonlarini (mintaqaviy, qidiruv, baholash va razvedka bosqichlari) asl, rangli, nodir va radioaktiv metallarning resurs salohiyatini baholash bilan o‘rganish bo‘yicha tizimlashtirilgan materiallar;
– Amantaytov, Tamdibuloq, Saribotir, Sarmich, Biran konlari, Qizilalmasay ruda konining Tuyachavul uchastkasi, Qo‘ldi konining Yujniy-1 va Nijnekenjasoy uchastkalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar tayyorlandi.
