ASOSIY VAZIFALAR
Bo‘limning asosiy vazifalari geologik-qidiruv ishlarning uslubiyati va geologiya sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish, geologik-qidiruv ishlarining bosqichliligini ta'minlash, zaxiralarni tasniflash, konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish va boshqa funktsional vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari bo‘lim qattiq foydali qazilmalarning uch o‘lchamli modellashtirishi hamda, yuqorida ta'kidlanganidek konditsiyalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish bilan ham shug‘ullanadi. Bo‘limning natijadorligi so‘nggi uch yilda o‘ttizdan ortiq loyihaning yakunlanganligi bilan namoyon bo‘lmoqda.
Qattiq foydali qazilmalar konlarini samarali modellashtirish ko‘p bosqichli tuzilishiga ega bo‘lib ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Geologik-qidiruv ishlari va ekspluatatsiya ma'lumotlarini jamlash va tizimlashtirish.
Ishonchli ma'lumotlar bazasini yaratish.
Ma'danli tanalarni aniq chegaraviy tarkib bo‘yicha konturlash.
Ma'dan tanalarini karkaslash.
Blokli modellashtirish va resurslarni baholash.
Tog‘ inshootlarini, jumladan ochiq va yer osti inshootlarini maqbullashtirish.

ILMIY TADQIQOTLAR
«Guzaksoy» va «Pirmirob» oltin konlarida geologiya-qidiruv va qazib chiqarish ishlari ma'lumotlarini taqqoslash.
Qalmoqir va Yoshlik-1 konlari ma'danlarini qazib olishda namunalar ishonchliligini o‘rganish va namunalashning optimal uslubiyotini tanlash.
Qizilolma konining (Markaziy, O‘rtaliq, Samarchuq, Chumauk-2 uchastkalari) da yer osti usulida qazib olish uchun 2022 yilning 1 yanvar holatiga oltin tarkibli ma'danlar zaxiralarini hisoblagan holda doimiy qidirish konditsiyalarini texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqish.
Qalmoqir va Yoshlik-1 birlashtirilgan karerlarida litoligiya va strukturaviy yoriqlar ni 3D-modelini tuzish.

TADQIQOT ISHLARINING NATIJALARI
Bo‘lim tomonidan 13 ta me'yoriy-uslubiy hujjatlar JORC kodeksi talablariga moslashtirib, ishlab chiqildi;
Oxirgi 4 yil davomida Chuqurquduq, Davlat-Xodja Uzun-Soqol, Sardor, Barxanli, Charmitan Sarikul, Xodjadik, Akba, Jetimtau, Sarmich, Biran konlari bo‘yicha 12 ta texnik-iqtisodiy asosnomalar (TEO) ishlab chiqildi;
Auminza-Amantaytau ma'danli maydonining kichik miqyosli konlari ma'danlarini operativ qidirish va qazib olish uchun optimal namuna olish metodikasi ishlab chiqildi;
Charmitan, Aristantau, Chodak konlarining qidiruv va qazib olish ma'lumotlari bo‘yicha konda taqqoslash ishlari bajarildi.
Marjonbuloq, Zarmitan, Daugiztog‘, Kokpatas konlarini qazib olish vaqtida foydali qazilmalarni yo‘qotish (poter) va sifatsizlanishi (razubojivaniye) ni aniqlash, meyorlashtirish, hisoblash va ro‘yxatga olish bo‘yicha 2 ta uslubiy qo‘nlanma ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
