TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

АSOSIY MAQSADI:

Geologiya-qidiruv ishlarining barcha bosqichlarida GАT-texnologiyalari va boshqa zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalangan xolda foydali qazilma konlariga istiqbolli maydonlarni ajratish, ko‘chki zonalarini oldindan aniqlash va monitoring qilish va dala geologik tadqiqotlarni samarali rejalashtirish bilan bog‘liq geologiyaning ilmiy va amaliy muammolarini xal qilish uchun Yerni masofadan zondlash (YMZ) usullarini qo‘llash bo‘yicha tizimli tadqiqotlar olib borishdan iborat.

АSOSIY VAZIFALARI:

YMZ materiallarini qabul qilish, arxivlash va qayta ishlash;

Geologik masalalarini yechishda kosmik suratlarga qayta ishlov berish va olingan natijalarni vizual deshifrlash ishlarini qo‘llagan xolda uslubiy takomillashtirish va ishlab chiqish;

YMZ ma’lumotlari asosida GАT-loyihalarini ishlab chiqish, quruqlik tadqiqotlarining belgilangan, pozitsiyalangan global tizimlar (kosmik navigatorlar) orqali maxsus kiritilgan geografik axborot tizimini yaratish;

Kosmik va geoaxborot ma’lumotlari hamda texnologiyalari doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

Ekzogen geologik jarayonlar monitoringi, tuproq qoplamasi holati monitoringi, tuproq eroziyasi jarayonlari, yo‘ldosh suratlar bo‘yicha ochiq suv havzalarini kuzatish;

Mintaqaviy (1:200 000), o’rta (1:50 000) va mahalliy (1:25 000-10 000) miqyosda kosmogeologik masofaviy asos xaritalarini tuzish;

Mintaqalar, ma’dan maydonlari va konlarining tarkibiy rejasini o‘rganish tafsilotlari;

Kosmogeologik suratlar natijalari bilan birga kompleks geologik, geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar, shu jumladan platforma qoplamalari bilan qoplangan konlar ma’lumotlarini umumlashtirib istiqbolli maydonlarni aniqlash;

Dalada spektro-radiometrik tadqiqotlarni o‘tkazish;

YMZ va GАT-texnologiyalar ma’lumotlarini geologik tahrirlash asosida foydali qazilmalarga birlamchi bashoratlangan istiqbolli maydonlarda tog‘-qon laxmlari (kanava, kapusha, raschiska) o‘tish, ularni xujjatlashtirish va namunalash, shuningdek, rekultivatsiya qilish;

Foydali qazilmalarga geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy va tog‘-kon iqtisodiy konsaltingini baholash, texnik-iqtisodiy asoslash va zahiralarni hisoblash;

GАT-texnologiyalari va boshqa zamonaviy dasutriy ta’minotlardan foydalanib foydali minerallar tarqalgan hududlarda birlamchi oreollarini bashoratlash ishlarini olib borish;

Kosmik suratlarga qayta ishlov berish natijasida atrofida ma’danlashuv ehtimoli yuqori bo‘lgan yer yoriqlarini vizual va avtomatik tarzda topish hamda olingan ma’lumotlar natijasida geologik qidiruv ishlarida iqtisodiy tejamkorlikni oshirish;

Geologiya bo‘yicha ilm va fanni rivojlantirish uchun tajribalar o‘tkazish.

АSOSIY NATIJALAR:

Tadqiqot hududining yuqori (2 metr) aniqlikdagi panxromatik va o‘rta (15 metr) aniqlikdagi multispektral kosmik tasvirlarini tayyorlanadi;

Tadqiqot hududining raqamli relefi – 3D-modeli tuziladi (Tasvir aniqligi 10 metr);

Tadqiqot hududining tektonik xususiyatlari o‘rganiladi va modellashtiriladi;

Geologik hosilalar chegaralari fototonlar asosida ajratiladi;

Yer yoriqlari bo‘yicha vertikal va gorizontal siljishlar aniqlanadi va tahlillanadi;

Ekzogen geologik jarayonlarni geoekologik kuzatiladi va monitoring qilinadi;

Magnitotellurik zondlash geofizik asbobi o‘lchov ma’lumotlari asosida chuqur gorizontlarning geologo-geofizik qirqimlari tuziladi;

Kompleks foydali qazilmalarga bashorat xaritalari tuziladi;

Tog‘ jinslari va minerallarning yer yuzida tarqalish xaritasi tuziladi;

Raqamli tektonik, geologik va geomorfologik xaritalar tuziladi;

Yer yuzdagi tuproqlar, tuzlar va minerallar migratsiyasi aniqlanadi va tahlillanadi;

Uglevodorodga istiqbolli strukturalar ajratiladi va tasniflanadi;

Tektonik kuchlar asosida yer yuzini gorizontal va vertikal deformatsiyalarni “interferometrik tahlillash” usuli asosida o‘rganiladi va modellashtiriladi;

Raqamli geologik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan GIS-loyiha tuziladi;

Milliy spektral kutubxonalar yaratiladi va ular orqali tog‘ jinslari va minerralari xaritalanadi;

Dala geologiya-qidiruv ishlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi.