TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI

- qattiq foydali qazilma konlari ma'danlarining moddiy tarkibini o‘rganish;

- endogen ma'danlashuvning mineralogik va geokimyoviy qidirish belgilarini ishlab chiqish;

- gidrotermal ma'danlashuvni batafsil miqdoriy bashoratlash uchun alohida hududlarni mineralogik va geokimyoviy xaritalash;

- gidrotermal ma'danlashuvni bashorat qilishda foydalanish uchun alohida hududlarda topomineralogik tadqiqotlar o‘tkazish.

BO‘LIMDA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY – TADQIQOTLAR

- Davlat dasturi doirasida № 1604 “Qimmatbaho, noyob metallar va nodir yer elementlari ob'ektlari ma'danlari va ma'dan qamrovchi jinslarining moddiy tarkibini o‘rganish” mavzusi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda Qulquduq, G‘arbiy Yangi-Umid, Sharqiy Tilla-Tog‘, Qo‘rg‘ontov, Novqa, Oktov-Sartoqchi uchastkalari ma'danlari va ma'dan qamrovchi jinslari moddiy tarkibini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ bilan xo‘jalik shartnomalari doirasida quyidagi ob’ektlarda mineralogik-petrografik tadqiqotlar olib borilmoqda: Lolazor, Qumboskan, Aulisay, Chalcharatau, Qumbog‘ut, Bespantov, Chuqurquduq, Qiziltosh, Vodiy, Tamdibuloq, Janubiy Qorashaxo, Qurtquduq, Sharqiy Kansay, Maydansoy, Chinarsay, Xandiza, Oraylik, Zagdan-Goshsoy, Pakdi, Vodorazdelniy, Karatagata va boshqalar.

 Tog'-kon korxonalari muammolarini hal qilish uchun quyidagi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda:

- 2-GMZning 1-sonli chiqidilar omborini mineralogik va texnologik xaritalash, oltin zahiralarini hisoblash va 3D modellashtirish.

- Oqtov koni yonuvchi slanetslari va  Amantaytau konining oltin saqlovchi ma’danlarida oltinning (nanooltin) uchrash shakllarini o‘rganish.

- Amantaytau konining birlamchi ma’danlari va ularni flotatsion boyitish jarayonida olingan kontsentratlarda uglerod va oltin uchrash shakllarini aniqlash

ILMIY TADQIQOT NATIJALARI

- Ma'danlashuvning bevosita belgilari bo‘yicha topomineralogik bashoratlashning yangi ilmiy yo‘nalishi ilmiy asoslari va uslublari ishlab chiqildi. Topomineralogik tadqiqotlar natijasida oltinga va boshqa foydali qazilmalarga istiqbolli bo‘lgan maydonlar aniqlashtirildi. Ushbu uslub bo‘yicha Chotqol-Qurama (1:100000 miqyos), Zirabuloq-Ziyoviddin (1:150000 miqyos) va Markaziy Qizilqum (1:200000 miqyos) regionlarining topomineralogik bashoratlash xaritalari tuzildi.

- Balpantau va Yangi-Davon konlari ma'danlari tabiiy turlarining shakllanish xususiyatlari va joylashish qonuniyatlari aniqlandi.

- O‘zbekiston tog‘lari uglerod saqlovchi qatlamlaridagi oltin va unga yo‘ldosh ma'danlashuv istiqbollari aniqlandi.

- G‘arbiy O‘zbekiston hududida o‘rganilayotgan qora slanesli qatlamlar bilan bog‘liq ob'ektlardagi metasomatit va ma'danlarning moddiy tarkibini o‘rganildi.