LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI
- ma’danni mikrobiologik tekshirish va tabiiy biotsenozlarga ekologik jihatdan mos keladigan geokimyoviy faol bakterial komplekslarni ajratish;
- bakteriyalarning faolligiga va ularning oksidlanish qobiliyatiga turli xil omillarni (fizik-kimyoviy) ta’sirini aniqlash;
- sulfidli minerallarning bakterial oksidlanish jarayonini jadallashtirish uchun usullarni ishlab chiqish;
- metallarni to‘p bioeritish usuli yordamida tadqiqotlar o‘tkazish;
- ma’danlardan oltin va kumush ajratib olishda bioksidlashning oqilona sxemalarini ishlab chiqish;
- rangli, kamyob va qimmatbaho metallarni qulay usullar bilan bosqichma-bosqich ajiratib olish yangi va noan’anaviy texnologiyalarini ishlab chiqish;
- gidrometallurgiya usullarini qo‘llab optimal texnologiyalarini ishlab chiqish;
- ma’danlar va boyitmalarni yuqori bosimda tanlab eritish optimal parametrlarini ishlab chiqish;
- oltinni to‘pli tanlab eritish texnologiyasini ishlab chiqish;
- ma’danlar va boyitmalarni tanlab eritish mahsuldor eritmalaridan, kon-metallurgiya va boshqa ishlab chiqarish texnologik suvlaridan qimmatbaho komponentlarni sorbsion ajratib olish texnologik parametrlarini ishlab chiqish;
- tanlab eritishdan olingan eritmalardan foydali komponentlarni ekstraksion ajratish yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish;
- cho‘ktirish usullarini qo‘llab foydali komponentlarni ajratib olish optimal parametrlarini ishlab chiqish.

LABORATORIYADA OLIB BORILADIGAN ILMIY TADQIQOTLAR
- O‘zbekistonda qayta ishlanayotgan konlarning chiqindilari va ma’danlarni biotexnologik xamda gidrometallurgik usullarni qo‘llab texnologiyasini ishlab chiqish;
- Tebinbuloq koni titan-magnetitli ma'danlarini ishlab chiqarish mahsulotlari va chiqindilaridan yo‘ldosh foydali birikmalarni ajratib olish texnologik tadqiqotlarini olib borish;
- Qalmoqqir konining oksidlangan mis ma’danlarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari yordamida qayta ishlash texnologik sxemasini ishlab chiqish;
- Bo‘ztau namoyoni va Ma’danli koni kompleks ma’danlarini qayta ishlash laboratoriya texnologik tadqiqotlarini o‘tkazib kombinatsiyalangan sxemasini ishlab chiqish.

ILMIY TADQIQOT NATIJALARI
So‘nggi 5 yillikda laboratoriya 4 ta davlat byudjeti va 15 ta shartnoma loyihalari doirasida tadqiqotlar o‘tkazgan.
1. “O‘zbekistonda qayta ishlanayotgan konlarning chiqindilari va ma’danlarni biotexnologik xamda gidrometallurgik usullarni qo‘llab texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida tarkibida oltin saqlovchi qiyin boyitiluvchi ma’danlarni qayta ishlash texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va 2 ta ilmiy jurnalda maqolalar chop etildi.
2. “Tebinbuloq koni titan-magnetitli ma'danlarini ishlab chiqarish mahsulotlari va chiqindilaridan yo‘ldosh foydali birikmalarni ajratib olish texnologik tadqiqotlarini olib boorish” tadqiqotlar natijasida ilk bor Respublika hududida skandiy oksidi olindi va texnologik sxemasi ishlab chiqildi.
3. “Qalmoqqir konining oksidlangan mis ma’danlarini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari yordamida qayta ishlash texnologik sxemasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida oksidlangan mis ma’danlaridan ekstraksiya usuli yordamida ilk bor mis katodi olindi va kombinatsiyalangan texnologik sxemasi ishlab chiqildi.
4. “Bo‘ztau namoyoni va Ma’danli koni kompleks ma’danlarini qayta ishlash laboratoriya texnologik tadqiqotlarini o‘tkazib kombinatsiyalangan sxemasini ishlab chiqish” loyihasi doirasida tarkibida vanadiy, molibden, mis va boshqa elementlarni konsentratlari alohida ajratib olindi va texnologik sxemalari ishlab chiqildi. Ishlab chiqilgan texnologik sxemaga foydali model olish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
5. Shartnoma asosida so‘nggi 5 yil mobaynida Toshkon, Yangi-Davon, Nukrakon, 2-GMZ boyitish chiqindilari, Amantaytau, Qalmoqqir va boshqa ob’yektlar bo‘yicha texnologik tadqiqotlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan loyohalar natijasida 20 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi, 2 ta patent olindi va 2 nafar texnika fanlari falsafa doktori dissertatsiyasi ximoya qilindi.
