TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI

“GQITV” laboratoriyasi tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi tizim osti tashkilotlarining geologiya-qidiruv ishlarida, burgʻilash ishlarining ish samaradorligini oshirish va togʻ-kon sanoatining xom ashyo bazasini kengaytirish, ularni mahalliylashtirish, metodik va uslubiy qoʻllanmalar berish, shu bilan birga import asosida olib keltirilayotgan maxsulotlarning xajmini qisqartirishdan iborat.

Burgʻilash qurilmalari uchun zarur extiyot qismlarni tajriba naʼmunalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy qilish;

Burgʻilash ishlarining ish unumdor-ligini oshirish uchun, (xodimlarning ishlashi uchun va foydalanayotgan qurilmaning xizmat muddatini uzaytirish) qulayliklar yaratish;

Zamonoviy burgʻilash qurilmalaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha metodik qoʻllanmalar yaratish;

Gidravlik burgʻilash qurilmalarining texnik imkoniyatlarini tahlil qilish va texnik xizmat koʻrsatish holatlarini baholash;

Ishlab chiqarish tashkilotlarining burgʻilash jarayonlarida foydalanilayot-gan mahalliy reagentlarni tahlil qilib, samarali foydalanish boʻyicha amaliy, nazariy tavsiya va koʻrsatmalar berish;

Import asosida olib kelinayotgan xom-ashyo va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish boʻyicha ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borish;

Burgʻilash xodimlarining ishlash sharoitlarini yaxshilash hamda burgʻilash qurilmalarining ishlash muddatini uzaytirish yoʻlida, koʻplab konstruktorlik ishlanmalar yaratish.

LABORATORIYA TAMONIDAN OLIB BORILAYOTGAN ILMIY TADQIQOTLAR

Oldingi olib borilgan ilmiy-tadqiqotlarning natijalari va ishlanma-larni oʻrganish, toʻplash va tizimlash-tirish;

Burgʻilash jarayonida duch kelinayotgan muammolarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, aniqlash va yechimlarini topish;

Burgʻilash xodimlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy burgʻilash qurilmalaridan samarali foydalanish-ning uslubiy asoslarini yaratish;

Import asosidagi olib kelina-digan maxsulotlarni oʻrganish va laboratoriya tahlillarini olib borish bilan birgalikda mahalliylashtirish uslublarini ishlab chiqish.

Yangi ishlanmalarni ishlab chiqish va mualliflik xuquqini beruvchi patent va foydali model koʻrinishda rasmiylash-tirish.

ILMIY TADQIQOTLARNING NATIJALARI

Zamonoviy burgʻilash qurilmalari, hamda SSK toʻplamlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha metodik qoʻllanmalar yaratildi;

Burgʻilash quvurlaridan kern namunalarini chiqarib olishni tezlashtiruvchi ikki turdagi TAOU moslamasi ishlab chiqildi.

Burgʻilash ishlarining samaradorgini oshirish va xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida, yangi DBS rusumli burgʻilash qurilmasi uchun OEOMKYO lar yaratildi.

PAA asosli maxalliy reagentning dastlabki namunasi yaratildi.

2020-2021-yillarda ixtiroga olingan patentlar:

- IAP 06399 raqamli “Almashinuvchan panjali burgʻilash dolotosi”;

- IAP 06476 raqamli “Ajraluvchan burgʻilash dolotosi”.