АSOSIY VAZIFALARI
“MXQI GIT” Markaz qoshidagi “Texnologik mineralogiya”ning vazifalari: foydali qazilma konlarini minerallashtirish qonuniyatlarini tahlil qilish, kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyani rivojlantirish uchun, foydali tarkibiy qismlarni ajratib olish uchun aniq texnologik namunalardagi maʼdanlarning mineralogik va kimyoviy tarkibini toʻliq aniqlash, texnologik namunaga tahlil berish va h.k. geologiya sanoatini qayta qurish bilan bogʻliqligi.
Topshirilgan vazifalarni bajarish uchun “Texnologik mineralogiya” quyidagi ilmiy yoʻnalishlarda ish olib boradi:
Oʻzbekistondagi barcha maʼdanli va nomaʼdan konlar namunalarini oʻrganish va tahlil qilish;
maʼdanlarning mineralogik va kimyoviy tarkibini aniq va toʻliq oʻrganish;
foydali komponentlarning qaysi genetik turga (asotsiatsiyaga) taaluqliligini koʻrsatish;
minerallardagi izomorf aralashmalarni aniqlash (foydali komponentlarni toʻliq chiqarib olish uchun);
foydali tarkibiy qismlarning donalari hajmini, ularning boshqa minerallar bilan oʻzaro bogʻliqligini aniqlash, maksimal ochilish darajasini taʼminlash uchun kerakli maʼdanni maydalash darajasini aniqlash va h.k.

LABORATORIYADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY TADQIQOTLAR
“Oʻzbekiston Respublikasi oltin saqlovchi namoyonlari maʼdanlarini qayta ishlashning samarali texnologik sxemalarini ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha mineralogik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Quyidagi uchastkalar bo’yicha Lolazor, Bayram va Chalcharatov.
“Noanʼanaviy turdagi nomaʼdan mineral xom ashyolarni oʻrganish va samarali qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha mineralogik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
“Mangit, Arabband, Sulatsoy namoyondalari kamyob metalli, litiyli, berilliyli, rubidiyli va seziyli ma’danlarini qayta ishlash texnologik sxemasini ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha mineralogik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
“Xontaxta uchastkasi Bobotog‘ tog‘larining misli qumtoshlarini zamonaviy texnologiyalar va tahliliy uskunalardan foydalangan holda qayta ishlashning samarali texnologik sxemalarini ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha mineralogik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
“Alyuminiy mineral-xomashyosi mavjud Gushsoy alunit koni, Angren va Oltintov kaolin konlari maʼdanlari asosida alyuminiy ajratib olishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasi bo’yicha mineralogik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

ILMIY TADQIQOT NATIJALARI
So‘nggi 5 yillikda laboratoriya 4 ta davlat byudjeti va 25 ta shartnoma loyihalari doirasida mineralogik tadqiqotlar o‘tkazilgan.
1. «O‘zbekistonning qazib olinayotgan konlari ma’danlari va chiqindilarini samarali qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish» loyihasi doirasida tarkibida oltin saqlovchi Muruntov, Gʻujumsoy, Charmitan konlari chuqur gorizontlari ma’danlari, Kokpatas va Daugiztov konlari balansdan tashqari ma’danlarining mineralogik tadqiqotlari olib borildi.
2. «Sanoatda foydalanishga tayyorlanayotgan asl va polimetallar konlari ma’danlari foydali komponentlarining aniqlanish shaklini o‘rganish va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish» loyihasi doirasida tarkibida oltin bo‘lgan Tuyachavul va Kokpatas koni ma’danlari bo‘yicha mineralogik tadqiqotlar olib borildi.
3. «Sanoatda foydalanishga tayyorlanayotgan asl va polimetallar konlari ma’danlari foydali komponentlarining aniqlanish shaklini o‘rganish va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish» loyihasi doirasida tarkibida oltin va kumush bo‘lgan Cholcharatau, Lolazor, Kumbogut, Bayram va Qoratog‘ota maydonlari va namoyonlari ma’danlarining mineralogik tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
4. Shartnoma asosida so‘nggi 5 yil mobaynida Akba, Besapantau, Djasaul, Shimoliy Daugiztov, Tashkazgan, Tashkan, Oltin Diyor, Yangidavon, Yujniy-1, Tuyachavul, Miskan, Nijnekenjasay, Tebinbuloq, Amantaytau, Qalmoqir, Marjonbuloq va boshqa ob’yektlar bo‘yicha mineralogik tadqiqotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari Olmaliq va Navoiy kon metallurgiya kombinatlari va “MRI” DM o‘rtasida geologiya fanlarini rivojlantirish Yo‘l xaritalariga muvofiq Angren kon boshqarmasi ob’yektlari, Xandiza va Chinorsoy polimetall konlari ma’danlari, GMZ-2 boyitish chiqindilarining mineralogik tadqiqotlari o’tkazildi hamda murakkab tarkibli Qoraqo‘ton, Adjibugut, Umid va Amantaytau konlari uglerodli ma’danlari bo‘yicha mineralogik tadqiqotlar o‘tkazildi va yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlandi.
