TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

2026-yil 2-aprel kuni “Mineral resurslar instituti” DMda yosh xodimlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Unda institut direktorining o‘rinbosari D.Sh. Tal’atxo‘jayev, bosh yuristkonsult Sh.R. Odinayeva hamda komplayens bo‘yicha yetakchi mutaxassis U.Sh. Raupov qatnashdi.

Uchrashuv davomida yosh mutaxassislar faol ishtirok etib, o‘z maqsadlari, kasbiy rivojlanish yo‘llari hamda erishayotgan natijalari haqida fikr bildirdilar. Shuningdek, ular tomonidan xizmat safarlari bilan bog‘liq moliyaviy ta’minot, ish haqi va xodimlarni rag‘batlantirish tartiblariga oid savollar ko‘tarildi va mutaxassislar tomonidan batafsil izohlar berildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonuni bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni samarali joriy etish masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning oldini olish bo‘yicha amaldagi cheklovlar, Odob-axloq komissiyasi faoliyati hamda qonunchilik talablari alohida yoritildi. Qayd etilganidek, ish jarayonidagi kichik kamchiliklar ham jiddiy huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkin.

Mazkur uchrashuv yosh xodimlarda ijro intizomi, ichki tartib-qoidalarga rioya etish va komplayens madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

Yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi