TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Sanoat salohiyatini oshirish yo‘lida: Analitik tadqiqotlar markazida qimmatbaho metallar tahlili jadal davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasining sanoat xomashyo bazasini kengaytirish strategiyasi doirasida Analitik tadqiqotlar markazining Probir tahlillar laboratoriyasi muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.

Hozirgi kunda laboratoriya mutaxassislari tomonidan oltin va kumush namunalarini probir tahlilidan o‘tkazish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ–128-sonli “2025–2026-yillarda sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi bazasini kengaytirish va ishlab chiqarishni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (1-ilova, 65-band) ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
 Ushbu tahlillar mamlakatimizning mineral-xomashyo resurslarini aniq baholash va sanoat uchun muhim bo‘lgan metallarni qazib olish samaradorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.