TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32-yilligi bayrami munosabati bilan “Mineral resurslar instituti” DMda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning barcha markaz, bo‘lim, laboratoriya boshliqlari va ilmiy xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda institut direktori I.B. Turamuratov so‘zga chiqib, tadbir ishtiroqchilarini bayram bilan tabriklar ekan, mustaqillik yillari xalqimizning ming yillar davomida orzu qilib kelgan ozodlik, erk va erkinlik yo‘lidagi kurashlarining mantiqiy natijasi bo‘lganligi, bu yillar mobaynida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishganligi va O‘zbekiston jahon hamjamiyatining haqli ravishda to‘laqonli a’zosiga aylanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida institut faoliyatida o‘z mehnatlari bilan faol ishtirok etayotgan bir guruh xodimlarni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda institut rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.