TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM analitik tadqiqotlar boʻlimi tomonidan mass-spektral (ICP-MS), atom absorbsion va boshqa uskunalarda budjet loyihalari doirasida olingan namunalar tahlil qilinmoqda.

Tahlillar davomida yangi istiqbolli maydonlar maʼdanlaridagi foydali komponentlarning miqdori, mineral tarkibi, yoʻldosh va zararli elementlar miqdori aniqlanmoqda.

Maʼdanlarning mineralogik tarkibini aniqlash natijasida foydali komponentlarni ajratib olish texnologik sxemalar ishlab chiqilishiga asos boʻlmoqda.