TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

"Mineral resurslar instituti" DM quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktoranturaga va stajyor-tadqiqotchilikka qabul elon qiladi!

1. Quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikga:

04.00.02- “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi (5 ta oʻrin).

04.00.03- “Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologoya” ixtisosligi (1 ta oʻrin);

04.00.05- “Paleontologiya va stratigrafiya” ixtisosligi (1 ta oʻrin);

04.00.14- “Foydali qazilmalarni boyitish” ixtisosligi (1 ta oʻrin);

04.00.02- “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi stajyor-tadqiqotchilikka
(1 ta oʻrin).

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2017-y.
304-son qaroriga binoan qabul joriy yilning 15-sentyardan 15-oktyabrgacha davom etadi.

Xujjatlar yagona elektron tizim orqali elektron shaklda www.daraja.ilmiy.uz rasmiy sayiti orqali qabul qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

1. Ariza - institut direktori nomiga;

2. Qisqacha biografik maʼlumotnoma (3,5 shakl boʻyicha oʻzbekcha va ruscha shaklda);

3. Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

4. Diplom nusxasi (bakalavr, magistratura);

5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola, 2 ta tezis);

6. Pasport yoki ID nusxasi;

7. Xorijiy tillar boʻyicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro “B1” arajadagi sertifikat. (Stajyor taqiqotchilikka talab etilmaydi)