Mineral resurslar instituti DM olimlari hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislariга indiy metallini olish texnologiyasiga ixtiro patenti berildi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda Rux zavodi texnologik eritmalaridan laboratoriya sharoitida ishlab chiqilgan yangi texnologiya asosida indiy metalli ajratib olishga erishildi. Hozirgi kunda sanoat tajribalari olib borilmoqda. Mazkur ixtiroga O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan foydali model patenti berildi.

Indiy metalli zargarlik buyumlarida, elektronikada, tibbiyotda, kosmik uskunalar va yarim o‘tkazgichlarda qo‘llanadi. Shuningdek, indiy korroziyaga qarshi qoplamalar tarkibiga qo‘shiladi hamda smartfon, planshet ekran qavatini va avtomobil faralarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ushbu metallning 1 kilogrammi hozirgi kunda jahon bozorida 230 dollarni tashkil etadi.
Bugungi kunda indiy Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Boliviya, Qozog‘iston, Kanada, Peru kabi davlatlarda ishlab chiqariladi.

Indiy metallini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat tajribalari yakunlanganidan so‘ng, joriy yilning 2-choragidan boshlab kombinatda mahsulot olinishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda «Mineral resurslar instituti» DM jami bo‘lib 15 ta foydali model patentiga ega.