«Mineral resurslar instituti» DM va «ENTER Engineering Pte. LTD. – Olmaliq» o‘rtasidagi shartnoma doirasida YOSHLIK I va QALMAQIR konlarining balans va balansdan tashqari ma’danlarining laboratoriya texnologik tadqiqotlari yakunlandi. Ushbu loyihaning 2-bosqichi sifatida “Olmaliq KMK” AJ tajriba boyitish fabrikasida “Эффективные технологии”, “Flotent chemicals”, “BASF mining chemicals”, “Alliance Projects”, “Solvay” va “Nord Engineering” kabi xorijiy kompaniyalar hamda “MRI” DM mutaxassislari ishtirokida YOSHLIK I va QALMAQIR konlarining umumiy hajmi 1000 t dan ortiq bo‘lgan ma’danlarini boyitish bo‘yicha yarim sanoat sinovlarini o‘tkazish boshlandi. Yarim sanoat sinovlari natijasida ishlab chiqilgan texnologik sxema yangi barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasining texnologiyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

