TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Yer qa’riga yo‘l — burg‘ilash texnologiyasi qanday paydo bo‘lgan?

Bugun yer osti boyliklarini aniqlash, konlarni qidirish va geologik tahlillar olib borishni ulkan burg'ilash qurilmalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Insoniyat yer bag'riga chuqur kirib borishni qachon va qanday boshlagan?
Tarixiy kashfiyot: Bambuk va toshlar Burg‘ilash texnologiyasining ilk ko‘rinishlari miloddan avvalgi davrlarda (batafsilroq eramizdan avvalgi III asrda) Qadimgi Xitoyda paydo bo‘lgan. O‘sha davr odamlari yer ostidan tabiiy tuzlar, suv va keyinchalik yonuvchi gazlarni olish uchun dastlabki burg‘ilash usullarini o‘ylab topishgan.
Ular uzun, egiluvchan bambuk quvurlari, arqonlar hamda og‘ir metal yoki toshdan yasalgan zarbdor uchliklardan foydalanishgan. Inson kuchi yoki hayvonlar yordamida bu og‘ir uchlik to‘xtovsiz yerga urilib, jinslarni maydalagan va quduqlar hosil qilgan. Bu tarixdagi ilk "zarbli burg‘ilash" ( zarbli arqon bilan burg'ulash) edi va u orqali o'sha paytdayoq yuzlab metr chuqurlikka tushishga muvaffaq bo‘lingan!
Sanoat inqilobi va aylanma burg‘ilash XIX asrga kelib, sanoatning rivojlanishi va neftga bo‘lgan ehtiyoj tufayli burg‘ilash ishlari tubdan o‘zgardi. 1900-yillarda aylanma (rotorli) burg‘ilash usuli va keyinchalik yer osti jinslarini maydalovchi maxsus sharoshkali qoronkalar (shatoshkali parmalar) ixtiro qilindi. Bu texnologiya burg‘ilash tezligini o‘n barobarga oshirib, yer qa’rini bir necha kilometr chuqurlikkacha o'rganish imkonini berdi.
Bugungi kunda-chi? Bugungi kunda "Mineral resurslar instituti" (MRI) geologiya-qidiruv ishlarida zamonaviy, avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikdagi burg‘ilash qurilmalaridan foydalaniladi. Zamonaviy quduqlardan olinadigan "kern" (tosh namunalari) laboratoriyalarda kimyoviy va geofizik jihatdan chuqur tahlil qilinib, yer osti boyliklarining aniq zaxiralari hisoblab chiqiladi.
Oddiy bambuk va arqondan boshlangan bu oddiy g‘oya bugun insoniyatga yer qa’ridagi bitmas-tuganmas xazinalarni kashf etish imkonini bermoqda.
Kanalimizni kuzatib boring, keyingi hafta yana bir qiziqarli ixtiro tarixi bilan tanishasiz!