Mineral Resurslar Instituti direktori M.Isoqov rahbarligidagi delegatsiya 8–10 dekabr kunlari Xitoyning mis sanoati korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda. Safar davomida delegatsiyaga ishlab chiqarish texnologiyalari, xomashyo bazasi hamda korxonalarning boshqaruv amaliyoti bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
9 dekabr — Kunming
Kunming shahrida delegatsiya mis sanoati, metallurgiya va geologiya yo‘nalishidagi qator tashkilotlarda uchrashuv va amaliy tanishuvlarni o‘tkazdi:
10 dekabr — Diqing / Shangri-La
Delegatsiya Pulang mis konida bo‘lib, Xitoydagi eng yirik yerosti mis konlaridan birining ishlab chiqarish jarayonlari va mis boyitish zavodi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida suniy intellekt va robotlashgan yerosti infratuzilmasi, qazib olish bosqichlari va xavfsizlik standartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
MRI delegatsiyasi safar davomida amaliy tajriba o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va mutaxassislar bilan ochiq muloqot olib bormoqda. Safar yakunlari bo‘yicha institut tomonidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.






