TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Joriy yilning 22–23 aprel kunlari Rossiyaning Moskva shahrida N.M. Fyodorovskiy nomidagi Butunrossiya mineral xomashyo ilmiy-tadqiqot institutida (FGBU “VIMS”) “URAN: GEOLOGIYA, RESURSLAR, ISHLAB CHIQARISH” nomli oltinchi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Mazkur simpoziumda Geologiya fanlari universiteti va Mineral resurslar instituti xodimlaridan iborat delegatsiya universitetning ilmiy salohiyati hamda uran sohasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Shu bilan birga, uran sohasidagi dolzarb geologik muammolar, geologiya-qidiruv ishlari, dunyodagi resurslar va ishlab chiqarishga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Xorijiy davlatlarda uran geologiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalarga oid ma’lumotlar bilan tanishildi.

Shuningdek, xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan dolzarb geologik muammolarni hal etishda innovatsion yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.