Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” DM Noma’dan xomashyolarni qayta ishlash texnologiyasi laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan 1491/2-sonli - “Noan’anaviy turdagi noma’dan mineral xomashyolarni samarali qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Urgutsoy riolit namoyoni namunlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.

Namunalarining moddiy tarkibini va olib borilgan texnologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida Urgutsoy namoyoni riolit namunalarini dastlab konsentratsion stolda boyitish va gravitatsiya chiqindisidan magnitli saralash sinovlarini olib borish hamda nomagnit fraaktsiyani flotatsiya usulida boyitish tavsiya qilinadi.

Olingan boyitma mahsuloti DAST 7030-2021 “Mayin keramika uchun dala shpati va kvarts-dala shpati materiallari” va DAST 4422-73 “Elektrodlar uchun dala shpatli qoplama” talablarini qanoatlantiradi.
