TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Surxondaryo viloyatida geologiya-qidiruv ishlarini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-sonli qarori qabul qilingandi. Qarorga muvofiq, viloyatda geologiya-qidiruv ishlarini yanada faollashtirish maqsadida respublika byudjetidan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan 5 iyun kuni viloyat hokimi raisligida mintaqadagi geologiya-qidiruv loyihalarining borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi vakillari ishtirok etib, o‘tkazilgan ishlar va natijalarga doir batafsil hisobot taqdim etdilar. Hisobotda aytilishicha, viloyatda bir nechta istiqbolli joylarda geologik tadqiqotlar olib borilmoqda va ular natijalari hududdagi yangi resurslarni aniqlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Institut xodimlari o‘z faoliyatini yanada kengaytirish uchun yuqori sifatli tadqiqot standartlariga rioya qilish va yangi uslub va texnologiyalarni qo‘llash ustida ish olib bormoqdalar. Shuningdek, ular loyihalarning amaliy natijalarini ta’minlab, hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish vazifasini ham bajarishmoqda.

Yig‘ilish yakunida institut oldiga aniq vazifalar qo‘yildi: tadqiqotlarni faol davom ettirish orqali viloyatning yer osti boyliklarini kashf etish, ishlarning yuqori sifatini ta’minlash va belgilangan muddatlarda aniq natijalarni ko‘rsatish. Ushbu strategik harakatlar Surxondaryoni nafaqat agrar o‘lka, balki yirik sanoat markaziga aylantirish potensialini ham ochib berishi kutilmoqda.