TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

2023-yil 25-28-aprel kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi “Resurslarni boshqarish haftaligi” Ekspertlar guruhining XIV sessiyasi” texnik munozaralarining eksperti sifatida “Mineral resurslar instituti” DM “Geologiya qidiruv ishlari uslubiyoti” boʻlimi boshligʻi Oxunov Avazbek Xusanboyevich ishtirok etdi.

Tadbirda  BMT Yevro iqtisodiy komissiyasining zaxira va resurslar (ramochnaya klassifikatsiya) klassifikatsiyasini ishlash tizimi, amaliyotga tadbiq etilishi va bajariladigan ishlar qamrovi, geologiya qidiruv ishlarini olib borish ketma-ketligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, turli xil foydali qazilmalarning oʻzlashtirilishi va ikkilamchi resurslardan barqaror foydalanish boʻyicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribalari bilan tanishildi.