Geologiya fanlari universiteti “MINERAL RESURSLAR INSTITUTI” DM Noruda xomashyolarni qayta ishlash texnologiyasi laboratoriyasining mutaxassislari tomonidan 1491/2-sonli - “Noan’anaviy turdagi noma’dan mineral xomashyolarni samarali qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Sharqiy Shaydaroz grafit namoyoni namunlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Grafit namunalarining moddiy tarkibini va olib borilgan texnologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish asosida Sharqiy Shaydaroz namoyoni grafit namunalarini gravitatsiya, flotatsiya, pirometallurgiya va gidrometallurgiya usullarida qayta ishlash tavsiya qilindi. Tavsiya qilingan sxema bo‘yicha tarkibida 90,5% grafit bo’lgan mahsulot olindi. Olingan mahsulot DAST 5279-74 (lok-bo‘yoq va metallarni quyishda), DAST 7478-75 (birlamchi kimyoviy tok manbalarini ishlab chiqarishda), DAST 10274-79 (elektr ko‘mirli tayyor mahsulotlar) va DAST 4596-75 (Olovbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda) talablarini qanoatlantiradi.


