TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

"Mineral resurslar instituti" DM va "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ hamkorligida amalga oshirilayotgan 1892-24-sonli loyiha doirasida Geokimyoviy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassislari tomonidan Sardara maydonida keng qamrovli atmogeokimyoviy ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadqiqotlar “Sardara botig‘ligida oltin va oltin-kumush konlarining joylashuvi geologik-strukturaviy, mineralogik-geokimyoviy va tektonik xususiyatlarini kosmogeologik, geofizik, geokimyoviy va boshqa ilmiy yondashuvlar asosida kompleks o‘rganish” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Dala-tadqiqot ishlari

— 2025-yil 14–20-iyul kunlari bo‘lim mutaxassislari Muxammedov S.K., Smeyrek V.V. va Xolboyev S.B. ishtirokida dala-tadqiqot ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.

— Tadqiqotlar davomida Sardara maydonida atmogeokimyoviy nuqtalar fiksatsiya qilindi va maydonning yopiq hududlari bo‘yicha istiqbolli pozitsiyalar aniqlandi.

— Ushbu pozitsiyalar keyingi bosqich geologik-qidiruv ishlari uchun tavsiya etilmoqda.

Tadqiqotlarning maqsadi:

Loyihaning asosiy maqsadi — tadqiqot olib borilayotgan hududdagi yashirin kon imkoniyatlarini ochish, geologik-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish va konchilik sanoatini rivojlantirishdir.

Natijada:

Yangi, istiqbolli foydali qazilma konlarini aniqlash imkoniyati oshadi;

Mamlakat resurs bazаsи kengayadi;

Iqtisodiy barqarorlik uchun mustahkam poydevor yaratiladi.