TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Mineral resurslar instituti Davlat muassasasi “Raqamli xaritalash” bo‘limi 1446-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududining tabiiy sharoitlarini o‘rganish va yer qaʼridan ko‘p maqsadli oqilona foydalanish uchun 1:200 000 miqyosli GIS-formatdagi raqamli geologik xaritasini yaratish” loyihasi bo’yicha ilmiy va amaliy izlanishlar olib borishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududining 1:200 000 miqyosli geologik asosi turli yillarda bajarilgan geologik tasvirlash materiallaridan keng foydalangan holda va geologik yoshi bahsli hududlardan mutloq yoshni aniqlash uchun namunalar olish bilan hamda kosmik tasvirlardagi fototonlar bo’yicha ishonchli geologik chegaralar ajratilmoqda. Respublikaning to‘liq hududi alohida 20 ta regionlarga ajratilgan holatda ArcGIS dasturida raqamli ko‘rinishga keltirildi. Raqamlashtirish jarayonida raqamli geologik xaritalarning atribut jadvallari stratigrafik bo‘linish ketma-ketligi asosida O‘zbekiston hududidagi barcha yotqiziqlarni qamrab olgan holda ma’lumotlar geobazasi shakllantirildi.

Hozirda bo’limda O‘zbekiston Respublikasi hududining zamonaviy raqamli geologik xaritalarni elektron shaklda taqdim qiluvchi klassifikator yaratish ishlari olib borilmoqda.