TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Komplayens nazorati boʻyicha yetakchi mutaxassis U.Raupov va yurist-maslahatchi Sh.Odinayeva tomonidan "Xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish va jinoiy tajovuzlar holatlarining oldini olish – korrupsiya faoliyati elementlari sifatida" mavzusida seminar tashkil etildi.

Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi xatti-harakatlarning shakllari, turlari, sabablari va omillari tushuntirildi. Jinoyatlar tarkibi, geologiyada TMBni o’g'irlashning asosiy usullari va turlari haqida tushunchalar berildi, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarda qo’llaniladigan moddalari esga olindi.

TMBni ishlab chiqarishda saqlash zonalari va tartibi, geologlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish chora-tadbirlari, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish va talon-toroj qilish xavfini prognozlash sxemalari qayd etildi.

Inventarizatsiya TMBni hisobga olish va nazorat qilishni tartibga solish asosi ekanligi taʼkidlandi. Ishtirokchilarga, shuningdek, rejalashtirish, yoʻriqnoma va chora-tadbirlar oʻtkazish zarurligi, oʻgʻirlik xavfi va ularning oldini olish usullaridan xabardorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.