TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Mineral resurslar institutida korrupsiyaga qarshi kurash, manfaaatlar to‘qnashuvi va sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish choralari yuzasidan institutning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda asosan “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama etildi.

Korrupsiya – siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa bo‘lib, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishidir.

Yurtimizda me’yoriy hujjatlar orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning bir qator manzilli va samarali yo‘nalishlari belgilab berilganligi, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun markazdagi rahbarlar bilan birga eng quyi tizimdagi rahbarlarga ham mas’uliyat yuklanganligi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘lishi belgilanganligi ta’kidlab o‘tildi.