2025-yil 15–16-iyul kunlari “Mineral resurslar instituti” DM direktori Maqsud Isoqov boshchiligidagi institut mutaxassislari, “O‘zbekiston TMK” AJ va Geologiya fanlari universiteti rahbariyati bilan birgalikda Navoiy viloyatiga xizmat safarida bo‘lishdi.
Safardan asosiy maqsad "Navoiy KMK" AJ bilan texnogen chiqindilarni ilmiy asoslangan texnologiyalarni qoʻllagan holda o'rganish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Safar doirasida “Navoiy KMK” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda 3-GMZ chiqindixonalariga tashrif buyurilib, loyiha doirasida amalga oshiriladigan burg‘ilash va namunalash ishlari muhokama qilindi va rejalashtirildi.
Safar yakunida loyiha diorasida istiqboldagi ishlar yuzasidan kelishib olindi.




