TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi “2025-2026-yillarda sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi bazasini kengaytirish va ishlab chiqarishni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi xodimlari O‘zbekiston texnologik metallar kombinati vakillari bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining chiqindilari hajmni joyiga chiqib o‘rganishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, texnogen ob’yektlarning hozirgi holati bilan ulardagi sanoat uchun muhim metallar miqdorini o‘rganishga yo‘naltirilgan geologik-qidiruv ishlari, texnologiya va keyinchalik qazib olish ishlarini rejalashtirishdan iborat.

Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi ikkilamchi resurslar salohiyatini baholash va ularni iqtisodiy samaradorligini o‘rganganholda, O‘zbekiston texnologik metallar kombinatining mineral-xom ashyo bazasini kngaytirish imkoniyatlarini yaratadi.