Axborot texnoologiyalar vazirligi qoshidagi “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari hamda Geologiya fanlari universiteti “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasining “Yerni masofadan zondlash va GAT-texnologiyalar” markazi mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislariga “Yerni masofadan zondlash va GAT-texnologiyalar” markazi faoliyati va olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari to‘g‘risida taqdimot qilindi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislarini qiziqtirgan savol bo‘yicha javoblar berilib, kelgusida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar belgilab olindi.
