“Olmaliq KMK” AJ Ilmiy-texnik kengaşining yiǵilişida tadqiqotçi Isayev Mirzo Sapoyeviçning 04.00.02 – “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidiriş va razvedka qiliş. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi bóyiça geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlagan “Navoiy kon-metallurgiya kombinatining texnogen çiqindilarini sanoatda ózlaştirişning istiqbollarini baholaş (2-GMZning 1-son çiqindilar ombori misolida)” mavzusidagi dissertatsiya işi yetakçi taşkilot sifatida muhokama qilindi.
Muhokama davomida Ilmiy-texnik kengaş a'zolari tomonidan dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va olingan natijalarning toǵ-kon sanoatida qóllaniliş imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Mazkur tadqiqot natijalari texnogen mineral resurslardan oqilona foydalaniş, ikkilamçi xomaşyo bazasini kengaytiriş va toǵ-kon sanoatining barqaror rivojlanişi uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
.






100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy