
Joriy yilning sentyabr oyida ilmiy-tadqiqot ishlari doirasida “Noyob metallar va kamyob yer elementlarini bashoratlash” sektori mutaxassislari Xoliyorov A.T., Ejkov Yu.B., Samsonov A.V., Toshmetov U.X. va Abdihaqimov A.U. tomonidan 1955-yildan hozirgi kungacha bajarilgan mintaqaviy, umumgeologik, mineragenik, qidiruv, qidiruv-baholash, razvedka, revizion,
tematik hamda tajriba-uslubiy ishlar materiallari bo‘yicha fond materiallarini o‘rganish, kartografik materiallarni tahlil qilish, kritik muhim foydali qazilmalar bo‘yicha istiqbolli bashorat maydonlarini aniqlash va ularni tizimlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlari bajarildi.
Mazkur ishlar natijasida kritik muhim foydali qazilmalarning asosiy turlari bo‘yicha mavjud geologik ma’lumotlar umumlashtirildi va tahlil qilindi.
Mazkur tadqiqotlar kritik muhim foydali qazilmalarning hududiy tarqalish qonuniyatlarini aniqlash, ma’dan namoyonlari va istiqbolli bashorat maydonlarini belgilash, shuningdek, mavjud ma’lumotlarni geoinformatsion tizim asosida umumlashtirishga qaratildi.
Amalga oshirilgan ishlar tasdiqlangan ish dasturi va smeta hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq bajarildi. Hozirgi vaqtda loyiha doirasida fond va kartografik materiallarni o‘rganish, geologik ma’lumotlarni tahlil qilish, kritik muhim foydali qazilmalar bo‘yicha ma’dan namoyonlari va istiqbolli bashorat maydonlarini aniqlash, shuningdek, mavjud ma’lumotlarni raqamlashtirish ishlari davom ettirilmoqda