TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

2026-yil 9–10-noyabr kunlari kombinat vakillari institutga tashrif buyurib, birgalikda bajarilayotgan loyihalarning olib borilish jarayonini va amaliy natijalarini ko‘rib chiqdi.
Ikki kunlik uchrashuvda tomonlar kombinatning litsenziyalangan maydonlarida joriy yilda bajarilgan kompleks ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ko’rib chiqdi. Institut va kombinat mutaxassislari xo’jalik shartnomalari doirasidagi ishlarni tahlil qilib, geologik, geofizik va boshqa tadqiqot materiallari bo’yicha fikr almashdi. Litsenziyalangan hududlarning istiqbolini baholash va yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida 2027-yilda amalga oshiriladigan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Tomonlar kelgusi yilda Shimoli-sharqiy Muruntov, Auminza-Beltov tog‘lari hamda Shimoliy Nurota hududlarida kompleks geologik tadqiqotlar olib borishga kelishib oldi.
Rejalashtirilgan ishlar bu hududlarning geologik tuzilishini chuqur o‘rganish, yangi istiqbolli ma’danli maydonlarni aniqlash va foydali qazilmalarning mineral resurs salohiyatini baholashga qaratilgan.

Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasining mineral-xomashyo bazasini to‘ldirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.