TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

2026-yil 24-iyun kuni “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi vakillari hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Shensi yadro sanoati guruhi” tarkibiga kiruvchi “218-brigada” MChJ delegatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon geologiya, ilmiy-tadqiqot, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar salohiyatini rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Tadbirda “Mineral resurslar instituti” DM direktori M.U. Isoqov mehmonlarni institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, laboratoriya-tahliliy imkoniyatlar hamda sohada erishilayotgan natijalar bilan tanishtirdi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mineral xomashyo bazasini ilmiy asosda o‘rganish, foydali qazilmalarni qidirish va baholash, zamonaviy tahliliy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish institut faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida, “218-brigada” MChJ direktorlar kengashi raisi Szou Xayfen kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, geologik qidiruv va burg‘ilash ishlari bo‘yicha tajribasi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikni kengaytirish borasidagi yondashuvlari haqida ma’lumot berdi.

Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Xususan, mutaxassislar malakasini oshirish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda olib borish, shuningdek, qo‘shma laboratoriya tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda “Mineral resurslar instituti” DM tomonidan direktor M.U. Isoqov, direktor o‘rinbosarlari M.Sh. Axmedov va D.Sh. Tal’atxo‘jayev, ilmiy kotib D.X. Asabaev, markaz mudirlari B.N. Xamidullayev va I.M. Almatov, laboratoriya mudiri I.S. Nurmuhamedov ishtirok etdi. Xitoy delegatsiyasi tarkibida “218-brigada” MChJ rahbariyati, geologik qidiruv va burg‘ilash ishlari bo‘yicha mutaxassislar hamda muhandislar qatnashdi.

Tadbir yakunida ikki tomon o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi hamda Maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Mazkur hujjatlar kelgusida institut va xorijiy hamkor o‘rtasidagi ilmiy-texnik aloqalarni izchil rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu uchrashuv “Mineral resurslar instituti” DMning xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va geologiya sohasida innovatsion yechimlarni joriy etish borasidagi amaliy ishlarining navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi.