TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

“MRI” DMda Xitoy Xalq Respublikasining “Shensi yadro sanoati guruhi” tarkibiga kiruvchi “218-brigada” MChJ vakillari hamda institut mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tomonlar geofizik tadqiqotlar, zamonaviy qidiruv texnologiyalari va amaliy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Dastlab, “MRI” DM mutaxassislari O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan ilg‘or geofizik usullar haqida ma’lumot berdilar. Shundan so‘ng xitoylik mutaxassislar Xitoyda ishlab chiqarilayotgan va qo‘llanilayotgan zamonaviy geofizik qidiruv dastgohlari hamda dasturiy ta’minotlar bilan tanishtirdilar.

Davra suhbati yakunida tomonlar kelgusida tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va geofizika sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar.