TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

27-29-oktabr kunlari Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz"da “MiningMetals Uzbekistan – 2026” Tog‘-kon, metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoati xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ko‘rgazma sohadagi ilg‘or texnologiyalar, so‘nggi innovatsion ishlanmalar va uskunalar bilan tanishish, shuningdek, xalqaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

“MiningMetals Uzbekistan – 2026” xalqaro ko‘rgazmasida “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi xodimlari ham sohaga oid so‘nggi yutuqlar, zamonaviy texnologiyalar va jahon tajribasi bilan yaqindan tanishish maqsadida faol ishtirok etmoqda.