2026-yil 4-noyabr kuni "Mineral resurslar instituti" DMda "9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ni har tomonlama munosib tarzda va yuksak saviyada nishonlash maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda direktor o‘rinbosari Sh.I.Axmadov so‘zga chiqib, xodimlarning huquqiy ongi, axloqiy madaniyati hamda korrupsiyaga qarshi murosasizlik ruhini yanada oshirish maqsadida joriy yilning noyabr oyi institutda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilinganini ta’kidladi. O‘z faoliyati ochiqligini ta’minlash va zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etishga bag‘ishlangan ushbu tadbirda an’anaviy ko‘rik-tanlovlar hamda xodimlar o‘rtasida “Antikorrupsiya bilimdoni” musobaqasi o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Komplayens nazorati xodimi U.Sh.Raupov o‘z taqdimoti davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasi, huquqni qo‘llash amaliyoti, 2020-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil topganligi hamda O‘zbekistonda bu borada olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha sharh berib o‘tdi. Shuningdek, 2003-yil 9-dekabrda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qabul qilingani va uning doirasidagi xalqaro majburiyatlar (pora olish, byudjet mablag‘larini o‘g‘irlash, noqonuniy daromadlarni yuvishni jinoyat deb topish va ularni qaytarish) eslatib o‘tildi.










Tadbir doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov va musobaqa g‘oliblari institut Odob-axloq komissiyasi tomonidan aniqlandi:
“Eng yaxshi maqola”: 1-o‘rin – F. Mengniyozov 2-o‘rin – T. Sarbayev 3-o‘rin – D. Vaxitova
“Eng yaxshi rasm”: 1-o‘rin – R. Rizakayeva 2-o‘rin – O. Luqmonov 3-o‘rin – T. Sarbayev
“Eng yaxshi she'r”: 1-o‘rin – B. G‘aybullayev 2-o‘rin – Sh. Turayev 3-o‘rin – M. Uzakova
“Eng yaxshi videorolik”: 1-o‘rin – D. Vaxitova
“Antikorrupsiya bilimdoni”: 1-o‘rin – N. Xasanov 2-o‘rin – N. Umarova 3-o‘rin – Salimbayeva A
Maxsus e'tiroflar: “Eng faol bo‘lim” – Yerni masofadan zondlash va GAT texnologiyalar bo‘limi; “Eng faol ishtirokchi” – D. Vaxitova.
Tadbir yuqori tashkiliy va mazmunli darajada o‘tkazildi. Ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi masalalarni muhokama qilishda o‘zlarining yuqori faolligi va hamjihatligini namoyish etdilar. An’anaviy ko‘rik-tanlovlar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otib, korrupsiyaga qarshi barqaror pozitsiyani shakllantirish, umumiy axloqiy qadriyatlar asosida korporativ ruhni va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. Ushbu tadbir jamoaning ochiq korporativ madaniyatni shakllantirish hamda komplayens choralarini samarali amalga oshirishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqladi.










100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy