Sentyabr oyida institutimizda “Yurtimiz tarixida chuqur iz qoldirgan taniqli davlat arboblari va allomalarning merosini har tomonlama tadqiq etish” mavzusiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston — buyuk allomalar yurti” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda e’tirof etilgan buyuk allomalarimiz va ularning hissasi:
Muhammad al-Xorazmiy: Matematika va astronomiya sohasida buyuk kashfiyotlar qilgan, uning algebra sohasidagi ishlari jahon ilmiy rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Abu Rayhon Beruniy: Astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlarini rivojlantirgan, koinot va tabiat sirlarini chuqur o‘rgangan qomusiy olim. Abu Ali ibn Sino: Dunyoga mashhur tabib va mutafakkir bo‘lib, tibbiyot sohasida asrlar davomida qo‘llanib kelgan boy ilmiy meros qoldirgan. Imom Buxoriy: Hadis ilmining buyuk namoyandasi, ishonchli hadislarni to‘plab, to‘g‘rilik, halollik va yuksak odob-ahloq mezonlarini ilgarilagan. Ahmad al-Farg‘oni: Osmon jismlari va koinot haqidagi tadqiqotlari bilan jahon astronomiya fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Mirzo Ulug‘bek: Samarqandda mashhur rasadxona barpo etib, anik astronomik kuzatuvlar olib borgan davlat arbobi va olim.
Merosning ma’naviy ahamiyati va yoshlar uchun saboqlar:
Buyuk ajdodlarimiz hayoti bugungi yosh avlod uchun haqiqiy ibrat maktabidir. Seminar davomida ularning ilmiy merosi bizni quyidagi yuksak fazilatlarga chorlashi uqtirildi: Ilm va bilimga tinimsiz intilish; Vatanga sadoqatli va halol bo‘lish; Mehnatsevarlik va insonlarga yaxshilik ulashish; Milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va munosib voris bo‘lish.
Tadbir ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul N.B. Raxmonova tomonidan tashkil etildi va mazmunli muokamalar bilan o‘tdi..



100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy