TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Yig‘ilishda 04.00.02 – “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi bo‘yicha geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Jumladan:

Musaxonov Zayniddinxon Muxtorxonovichning “Murakkab geomorfologik sharoitlarda endogen ma’danlashuvning bashoratlash-qidiruv modelini ishlab chiqish (Boysun tog‘lari Sangardak maydoni misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi. Yig‘ilish davomida tadqiqotning ilmiy yangiligi, dolzarbligi, Sangardak maydonidagi oltin-polimetall ma’danlashuvining qidiruv mezonlari, olingan ilmiy natijalar hamda ularning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Muhokama yakunida bildirilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda dissertatsiya ishini keyingi bosqichga tavsiya etish bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.