TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

27-29-oktabr kunlari Toshkent shahrida “InnoWeek–2026” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik doirasida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarni oshirish, xalqaro tajriba almashish imkoniyatini beruvchi ilmiy-amaliy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

“InnoWeek–2026” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi vakillari ham o‘zining ilmiy-amaliy loyihalari va sohaga oid so‘nggi innovatsion ishlanmalari bilan faol ishtirok etmoqda.