Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida “Geologik axborot ta’minoti” sektori tomonidan 1830-24-sonli mavzu doirasida axborot-tahliliy ishlar davom ettirildi. Internet manbalarini monitoring qilish asosida geologiya sohasi mutaxassislarini metall, nometall va yoqilg‘i-energetika xomashyosi bozori konyunkturasining o‘zgarishi, shuningdek, dunyoda ham, O‘zbekiston Respublikasida ham geologiya-qidiruv va tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga oid dolzarb muhim voqealar haqida xabardor qilish amalga oshiriladi. Mineral xomashyoning asosiy turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik birja narxlarining o‘zgarish dinamikasini aks ettiruvchi infografika va mineral xomashyoning joriy narxlari ro‘yxati keltirilgan faktografik ma’lumotnoma (№98) tayyorlandi.