Toshkent viloyatining so‘lim tabiat qo‘ynida joylashgan «Chotqol» sanatoriysida O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi hamda Qozog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari o‘rtasida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Nufuzli tadbir doirasida ikki davlat kasaba uyushmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi yangi memorandum imzolandi.
Mazkur xalqaro forumda «Mineral resurslar instituti» DMning mas’ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakillari ham munosib ishtirok etib, sohadagi muhim masalalar muhokamasiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tadbir davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalaridan tashrif buyurgan xorijiy hamkasblar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ilg‘or tajribalar almashildi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishning istiqbolli rejalari belgilab olindi.
Forumning rasmiy qismi yakunlangach, «Chotqol» sanatoriysi maydonlarida ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona sport musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu musobaqalar nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, balki qardosh davlatlar soha xodimlari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.






100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy