«MRI» DM DELEGATSIYASI OLMAOTADAGI ILG‘OR XALQARO PLATFORMALARDA ISHTIROK ETDI.
2026-yilning 14–16-sentabr kunlari «Mineral resurslar instituti» DM rahbariyati va soha mutaxassislari Qozog‘istonning Olmaota shahrida xizmat safarida bo‘lib, tog‘-kon va qayta ishlash sanoatiga oid muhim tadbirlarda ishtirok etishdi.
Tashrifning asosiy voqealari:«MRI» DM DELEGATSIYASI OLMAOTADAGI ILG‘OR XALQARO PLATFORMALARDA ISHTIROK ETDI.
«Sulfidli ma’danlarni boyitishda ilg‘or texnologiyalar» texnik seminari Syensqo kompaniyasi bilan tuzilgan Memorandum doirasida o‘tkazilgan seminarda dunyoning yetakchi markazlari mutaxassislari rangli va polimetall ma’danlarni qayta ishlash, innovatsion reagentlarni qo‘llash va flotatsiya jarayonlarini intellektual boshqarish tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Mining and Metals Central Asia 2026 — 31-xalqaro ko‘rgazmasi Dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 500 dan ziyod kompaniyalar qatnashgan ushbu yirik ko‘rgazma doirasida FLSmidth kompaniyasining yangi REFLUX Flotation Cell texnologiyasiga bag‘ishlangan seminarida ishtirok etildi.
Yangi kelishuv va hamkorlik Avstraliyaning Glencore Technology kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida zamonaviy Jameson Cell flotatsiya mashinalarini Institutning laboratoriya tadqiqotlarida qo‘llash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Ushbu xalqaro tajriba va texnologiyalar mezonlari Institutimizning ilmiy-texnologik salohiyatini yanada oshirishga hamda ekologik xavfsiz yechimlarni sanoatga joriy etishga xizmat qiladi.










100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy