Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi xizmatlarni jalb qilgan xolda "Dolzarb 30 kun" yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlari doirasida Geologiya fanlari universitetida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish hamda sodir bo‘lganda bartaraf etish, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati davomida universitet xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha ham tushunchalar berildi.