TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

2026-yil 24-noyabr kuni institutda 2024–2026-yillarda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ikkita hisobot himoya qilindi:

1.️ «O‘zbekiston Respublikasi geologiya tarmog‘ining axborot-tahlil ta’minoti» (1830-24-sonli hisobot)

Mas’ul ijrochilar: sektor xodimlari (Kirezidi S.V., Zenkova S.O., Leşyova D.V.).

Asosiy natijalar:

  • Ma’lumotnoma-axborot fondini (SIF) shakllantirish va raqamlashtirish: O‘zbekiston, Rossiya, Buyuk Britaniyaning birlamchi manbalari hamda Internet tarmog‘idan olingan materiallar hisobiga fondga 288 ta birlamchi manba kelib tushdi. «SIF» ma’lumotlar bazasiga 2024–2026-yillar davomida 2154 ta hujjat (1547 ta dalolatnoma) indeksatsiya qilinib kiritildi. 266 ta (189 ta) uslubiy tavsiyalar va yo‘riqnomalar indekslanib, kodlashtirildi hamda «Me’yor» («Normativ») veb-ilovasiga joylashtirildi.
     
  • Axborot-tahliliy materiallar va taqdimotlar tayyorlash: So‘rovlar bo‘yicha o‘tkazilgan retrospektiv qidiruvlar asosida 339 ta signal xabari, 500 ta axborot xabari, 780 ta referativ ekspress-axborot hujjati, 102 ta faktografik va 3 ta tahliliy ma’lumotnoma, 28 ta bibliografik ro‘yxat va 15 ta mavzuli to‘plam tayyorlandi. “Jahon bozorida ayrim turdagi mineral xomashyolarning I yarim yillikdagi o‘rtacha narxlari” nomli 3 ta yarim yillik to‘plam (2024, 2025, 2026-yillar) hamda “Asosiy turdagi mineral xomashyolar jahon bozori konyunkturasining ayrim masalalari va narxlari” nomli 2 ta yillik nashr (31-son – ikki kitobda, 32-son – bir kitobda) tayyorlandi. Mahalliylashtirilgan foydali qazilmalarning ayrim turlari (litiy, kobalt, nikel, grafit, nodir yer elementlari va b.) bo‘yicha 14 ta taqdimot materiali tayyorlanib, ularning zaxiralari, qazib olinishi, importi va eksporti tahlil qilindi.

Ahamiyati: Amalga oshirilgan ishlar tarmoq korxona va tashkilotlari xodimlarini tezkor axborot bilan ta’minlashga, mamlakatimizning qattiq foydali qazilmalari mineral-xomashyo bazasi holatini tahlil qilishga hamda kelgusida geologiya-qidiruv ishlari uchun istiqbolli obyektlarni ajratishga xizmat qiladi.

2️. 1826-sonli“Tarkibida magniy boʻlgan nomaʼdan foydali qazilma namoyonlari va istiqbolli maydonlarini hamda gips, statuar marmar, mikrokalsit, boksit, glaukonit, fosforit va boshqa nomaʼdan qazilmalarini boyitishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish”

Mas’ul ijrochilar: (J.T. Ataboyev, Sh.F. Xolmaxmadov va A.A. Normurodov).

Asosiy natijalar:

  • 1-bo‘lim: Qizilqum Nurota tog‘lari: 15 ta namoyonlar kompleks o‘rganilib, ularning prognoz zaxiralari hisoblab chiqildi va elektron xaritalari tuzildi. 3 ta istiqbolli bo‘lgan namoyonlar ajratildi. Janubiy O‘zbekiston tog‘lari: 14 ta namoyonlar kompleks o‘rganilib, ularning prognoz zaxiralari hisoblab chiqildi va elektron xaritalari tuzildi. 3 ta istiqbolli bo‘lgan namoyonlar ajratildi.
  • 2-bo‘lim: Namunalarning moddiy tarkibiy qismi kimyoviy, optik-emission spektral, yarim miqdoriy spektral, granulometrik, mineralogik, rentgen-difraktometrik tahlillardan foydalanib o‘rganildi.

Ahamiyati: Aniqlangan namoyonlar kelgusida geologik-qidiruv ishlarini maqsadli rejalashtirish hamda yurtimiz mineral-xomashyo bazasini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.